OzodTa’sir: “Oshgan narsa faqat yog‘ emas”. Klasterlar chigitga oid aksilmonopoliya qo‘mitasi qaroridan norozi
So‘nggi bir oyda chigit narxi 3 ming so‘mdan 5 ming 700 so‘mga oshib ketishi ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta klasterlaridan 34 tasiga ish ochdi. Chigit narxining oshishi, yog‘-moy korxonalari ishini to‘xtatib qo‘ygani, buning ortidan paxta yog‘i qimmatlab, tanqislashgani haqida Ozodlik 7 - may kuni maqola e’lon qilgan edi. Maqoladan 3 kun o‘tib, qo‘mita e’lon qilgan rasmiy bayonotda 40 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan chigit narxi aprel oyida ichida 38 foizga oshirilgani aniqlangani aytildi. Читать дальше...