Davlat xizmatchilari Mirziyoyev kambag‘allarga va’da qilgan yordamni o‘z cho‘ntagidan berishga majburlanmoqda
Ozodlikka Qashqadaryodan kelgan xabarga ko‘ra¸ davlat tashkilotlari rahbar va xodimlari kambag‘al oilalarga 500 ming so‘mdan pul berishga majburlanmoqda. Bu majburlash Shavkat Mirziyoyevning kambag‘al oilalarga o‘quv yili boshlanishidan oldin moddiy yordam ajratish va’dasi doirasida kuzatilmoqda. Prezidentning 13 - iyul kungi farmoniga ko‘ra¸ 2021 - yilning avgust oyida “temir daftar”ga kiritilgan kambag‘al oilalarga bolalarini maktabga hozirlash uchun bir martalik 500 ming so‘mlik yordam berilishi kerak. Читать дальше...