Karimov quloqchinni uloqtirgan yig‘in. O‘zbekiston 20 yildan so‘ng YTTB anjumaniga mezbonlik qilmoqda
16 may kuni Samarqandda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining yillik anjumani boshlandi. Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam bankning Toshkentda o‘tgan yillik anjumani O‘zbekistondagi qiynoqlar va inson haqlari bilan bog‘liq boshqa muammolar sabab xalqaro mojaroga aylanib ketgan edi. Tashkilotchi va ishtirokchilarga ko‘ra, o‘tgan 6 yilda O‘zbekiston Karimov davridagiga nisbatan o‘zgargan. Karimov davrida O‘zbekistonni tark etgan bankning 2017-yildan mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari miqdori 3 milliard yevroga yetgan. Читать дальше...