Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalar borasida kelishuvga erishdi

0
Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalar borasida kelishuvga erishdi

16 - dekabr kuni Bryusseldagi Yevropa Parlamentida «Fikr erkinligi uchun» Andrey Saxarov mukofotini olgan Belarus  muxolifati rahbari Svetlana Tixanovskaya qo‘lida siyosatchi va siyosiy maxbus Mikalay Statkevichning surati bilan nutq so‘zladi.

Tixanovskaya Saxarov mukofotini qabul qilib olgan kun  Yevropa Ittifoqi Belarusga yangi sanksiyalar borasida kelishuvga erishgani  ma’lum qilindi.

Diplomatlarning aytishlaricha, Yevropa Ittifoqi elchilari muxolifat namoyishchilariga qarshi tazyiq o‘tkazgani uchun Belarusga qarshi  qator iqtisodiy sanktsiyalarni qo‘llash borasida kelishib olishgan. Ta’kidlanishicha, sanksiyalar  Yevropa Ittifoqi hududida  biznes yuritishni ta’qiqlash, aktivlarni muzlatish va sayohat qilish taqiqlarini o‘z ichiga oladi.

Yevropa Kengashining 17 - dekabrdagi yigilishida rasman qabul qilinishi kutilayotgan sanksiyalar Ittifoqning Lukashenko hukumatiga  qarshi uchinchi jazo choralari majmuidir. Jazo choralari qo‘llanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘nggi ro‘yxati o‘sha kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy nashrida  e’lon qilinishi kutilmoqda.

YeI elchilarining qarori Svetlana Tixanovskaya hamda Belarus demokratik muxolifatining boshqa a’zolari Ittifoqning inson huquqlari sohasidagi oliy mukofoti bilan taqdirlangan kuni e’lon qilindi.

Belarusning qattiqqo‘l rahbari Aleksandr Lukashenko, uning o‘g‘li va 50 nafar yuqori martabali mulozimlar hozirning o‘zida YeIning jazo choralari ro‘yxatida.  26 yil davomida Belarusni boshqargan Lukashenko 9 - avgustdagi prezident saylovlaridan buyon deyarli har kuni ommaviy norozilik namoyishlariga yuz tutib kelmoqda.  Muxolifat saylovlarning soxtalashtirilganini aytadi, G‘arb davlatlari uning natijalarini tan olishdan bosh tortgan.

Politsiya saylovlardan keyin o‘tkazilgan norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 27000 dan ortiq namoyishchi hibga olingan. Shuningdek, bir necha kishi halok bo‘lgan va namoyishchilarga qarshi qiynoqlar hamda  yomon muomala to‘g‘risida ishonchli xabarlar olingan.

O‘zi va oilasining xavfsizlik xavotirlari tufayli  Litvaga chiqib ketishga majbur bo‘lgan Tixanovskaya hamda muxolifatning boshqa rahbarlari 16 - dekabr kuni Yevropa Parlamentining 2020 - yildagi “Fikr erkinligi” mukofotini olish uchun Bryusselga tashrif buyurishgandi.

Tixanovskaya mukofotni muxolifatning “Muvofiqlashtiruvchi kengashi” nomidan oldi. Ushbu kengash Belarusda hokimiyat o‘tishini ta’minlash uchun tuzilgan. Mukofotni topshirish marosimida Tixanovskaya “bizning atrofimizda ko‘rinmas qo‘rquv devori tiklangan”, deb aytdi. “Ammo ishonamizki, bu yil, birgalikda bu qo‘rquv devorini yiqa olamiz. Biz g‘alaba sari yurmoqdamiz va albatta g‘alaba qilamiz”.

 “Ozod Belarussiz Yevropa butkul ozod bo‘lolmaydi. Yashasin Yevropa! Yashasin Belarus!” deb aytdi Belarusning muhojirotdagi prezidentlikka nomzodi.  O‘z navbatida Yevropa Parlamenti rahbari Devid Sassoli Belarus muxolifati a’zolariga qarata "sizning kurashingiz bizning kurashimizdir", deya ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus muxolifati vakillari fikr va so‘z erkinligini himoya qilishda ko‘rsatgan jasorati, chidam va qat’iyatliligi uchun mukofotlanmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha yillik 50 ming yevrolik (59,180 dollar) mukofot, sovet fizigi va dissidenti Andrey Saxarov nomi bilan atalgan. Mukofot 1988 - yilda inson huquqlari va fundamental erkinliklarini himoya qiluvchi shaxslar hamda  tashkilotlarni taqdirlash uchun ta’sis etilgandi.

AQSh Davlat departamenti shu kuni Tixanovskayaning Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibining o‘rinbosari Stiven Bigun ishtirokida Belarusdagi siyosiy inqirozga bag‘ishlangan muhokamada qatnashganini bildirdi.

Departament vakili Keyl Braunning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Marshall jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan muhokama chog‘ida  Bigun "AQSh  Belarus  xalqining mamlakat taqdiri borasidagi ovozlarining eshitilishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan".




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Карен Хачанов

Теннисист Хачанов вышел в третий круг "Мастерса" в Риме






«Утопить в нечистотах!» Маньяк «Златоустовский паук» появился спустя 16 лет

В Санкт-Петербурге четыре рабочих пострадали на стройке из-за обрушения опалубки

Курс доллара на Мосбирже растет до 92,39 рубля, юань торгуется по 12,69 рубля

Весеннее тепло придет в Москву уже на этой неделе