Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Февраль
2021

OzodNazar: Sensiraydigan Prezident va "qovun tushiradigan" hokimlar haqida

0
OzodNazar: Sensiraydigan Prezident va

19 - fevral oqshomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga ikki kunlik safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Davlat rahbarining safari davomida paydo bo‘lgan savollarini OzodNazar eshittirishi qashqadaryolik xalqaro jurnalist Berdiyor Jumayevga berdi.

- Prezident kuni kecha Namanganga safari davomida kutilmaganda bir xonadonga va shahar chetidagi bir mahallaga bordi. Aholi bilan gaplashdi. Buni ko‘rib nimalarni o‘yladingiz?

 

- Keyingi paytda mana shunaqangi kutilmagan tashrif ikkinchi marta kuzatildi. Bunday "yurish"lar odatga aylanayotganligi, agar bu yil kuzda prezident saylovi bo‘lishi nazarda tutilsa, kishida boshqacharoq fikrlar uyg‘otadi. Shuningdek, mamlakat prezidentining mahalla oralab, nari borsa, tuman hokimi nazorat qiladigan yumushlar bilan shug‘ullanishiyam g‘alati tuyiladi. Bundan shu vaqtgacha bunday muammolarni hal qiladigan odamlar nima bilan band edilar, degan savol ham tug‘iladi. Ustiga ustak, Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada bo‘lishi munosabati bilan, endi mazkur viloyatdagi singari, to‘satdan bo‘ladigan tashriflarni amalga oshirishi haqida ogohlantirganiga qaramasdan, joylarda mana shu singari beparvoliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi prezident gaplarining ta’siri sezilmayotganliginiyam anglatishi mumkin.

- Prezident mahallaga borganda undan tanbeh eshitgan hokim va boshqa sektorlar rahbarlari o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘rdingizmi? Ularning o‘rnida prezidentning tanbehiga nima deb javob bergan bo‘lardingiz?

 

- Avvalo, men ularning o‘rnida bo‘la olmas edim. Negaki, tepsa tebranmaslik tabiatimga xos emas. Taqdir taqozosi bilan, garchi, shunday bo‘lgan taqdirdayam, imkon qadar, sharoitni tuzatgan holda, iloji boricha, bunaqangi sharmandali holatga tushimaslikka harakat qilardim. Aynan, shunday vaziyatda ularning o‘rnida bo‘lib qolganimda esa, darhol, o‘z ixtiyorim bilan, vazifamdan ketgan bo‘lardim. Yana bir narsa: nechun Farg‘ona shahrining 4 rahbari yuqoridagi kabi qusurlari uchun lavozimlaridan ayrilishdi-yu, ammo, Namanganning ushmundoq maqomdagi "katta"lari ogohlantirish bilan cheklanganlariyam adolatdan emas, menimcha.

- Hokimlarni tepsa tebranmaslikda ayblayapsiz. Lekin aholining ko‘cha devorini oqlash ularning vazifasi emasku? Bu qashshoqli-farovonlik masalasi, qolaversa umumiy madaniyat masalasi emasmi?

 

- E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, mazkur o‘rinda, aholining ko‘cha devori emas, balki mahalla idoarasiga tegishli joylar haqida gap bordi. Men buni, o‘zimga qolsa, umumiy madaniyat bilan bog‘lamagan bo‘lardim. Bunga, birinchi navbatda, mahalliy rahbarlarning obodonchilik hamda farovonlik bilan sariq chaqalik ham ishlari yo‘qligi sababchi, deya o‘ylayman. Ushbu holatni qashshoqlik bilan-da, bog‘lab bo‘lmaydi. Illo, har qanday sharoitdayam kerakli ohak hamda ko‘chatlarni topishning imkoni topiladi.

 

- Namanganda ham Farg‘onadagiday "to‘rtlik" ketdi. Uychi tumaniniki. Xabarsiz qolibsiz shekilli. O‘zi umuman, boshqaruvning bu yangi usuli - "to‘rtlik"larni mamlakat jamoatchiligi muhokama qilganiga ko‘zim tushgani yo‘q. Shu to‘g‘ri usul, deb hisoblaysizmi?

 

- Menimcha, mazkur voqea Namangan shahri hududida sodir bo‘ldi, Uychidagi "to‘rtlik"ning ketishidan voqifman: ularning bo‘shatilishi boshqa nuqsonlar bilan bog‘liq. Umuman olganda, viloyatlar, shaharlar, tumanlarni "to‘rtlik"larning boshqarishi keyingi to‘rt yilning "kashfiyoti" bo‘ldi. Bunday usulning, naqadar, "yangi" ekanligini bilmadim-u, biroq, hokimdan boshqa sektor boshliqlari na "sektorboshilik" va na o‘z xizmat joylariga boshchilik mas’uliyatlari hamda majburiyatlarini uddalay olmayotganliklari bor gap!

- Uddalay olish-olmasligi - keyingi masala. Meni boshqa narsa o‘ylantiradi: hokimdan boshqa u rahbarning (prokuror, IIB va Soliq inspeksiyasi boshliqlari) o‘z xizmat vazifalari bor. Ular esa, o‘sha vazifalariga qo‘shimcha ravishda bir sektorga hokimlik ham qilishyapti...

 

- Bunaqangi "hokimlik", faqat, ularning o‘zlarigagina manfaat keltirishi mumkin, oddiy xalq uchun esa, qo‘shimcha tashvish, ortiqcha yumush. Mening o‘zim guvoh bo‘lgan holat: tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga o‘zining asosiy xizmat vazifasi yuzasidan 2-3 marta telefon qilganimda, u, nuqul, sektor ishlari bilan juda bandligini qayta-qayta pesh qildi.

- Masalaning yana bir qiziq jihati bor: to‘rtta sektorga kuch ishlatish, bosim o‘tkazish richaglari borlar rahbar qilib qo‘yilgan. Xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash yoki madaniyat bo‘limlari mudirlari sektor rahbari qilib qo‘yilganini bilmayman...

 

-Buni, menimcha, birinchi navbatda, o‘zbekchilik mentaliteti bilan izohlash darkor. Axir, xalq ta’limi, sog‘likni saqlash, madaniyat hamda shu singari sohalar rahbarlarining tegishli "katta"largayam, oddiy odamlargayam so‘zlari o‘tmaydi-da. "Huquq-tartibotchi"lar esa, azaldan har xil yo‘llar va usullar bilan majburlab ish bajartirishga ustasi farang bo‘lib ketganlar.

- O‘zbek majburlamasa ishlamaydigan millatmi? Bu usul majburlovni qonuniylashtirish emasmi?

 

- Ha, keyingi chorak asr, aksariyat o‘zbeklarni majburlamasa ishlamaydigan shaxslarga aylantirib qo‘ydi. Negaki, munosib rag‘batini, arzirli to‘lovini topmagan har qanday ish qo‘l uchidagina bajariladi. Mazkur holatni barcha sohalarda kuzatish mumkin: shulardan bittasi va kattasi haq to‘lanmaydigan yoinki sadaqa darajasidan ham past haq to‘lanadigan majburiy mehnatning avj olganligidir.

 

- Prezident Namanganda mahalla raisiligiga oqsoqollar o‘rniga yoshlarni qo‘yishni tavsiya qildi. Demak, endi butun mamlakat bo‘ylab kadr almashinuvi boshlanadi. Bunga nima deysiz?

 

- Mazkur tavsiya, garchi, haqiqatan-da, amalga oshsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, deya hisoblayman. Chunki, ayni paytda mahallalarga rahbarlik qilayotgan kishilarning yoshlari bo‘yicha aniq hisobni bilmayman-u, biroq, ularning kamida 80-90 foiz qismi katta yoshdagi, shuningdek, har xil lavozimlardan kelib qolgan odamlardir. Agarda, ularning o‘rinlariga yoshlardan raislar qo‘yiladigan bo‘lsa, nisbatan olganda, ancha-muncha foydali bo‘lardi. Biroq, mana shunaqangi almashtiruvlar ko‘plab g‘alvalarni keltirib chiqarishi ehtimoliyam yo‘q emas. Illo, hozir ishlab turgan mahalla raislari osonlikcha o‘z o‘rinlarini bo‘shatib qo‘yishmasa kerak.

- Prezidentning muomala madaniyati haqida nima deysiz? Masalan, u kishi ko‘pchilik oldida tuman rahbarlarini senlab g‘adabladi. Bu ham o‘zbekchilikmi?

 

- Ayni holatni o‘zbekchasiga "kattachilik"ning ko‘rinishi sifatida baholash mumkin. Illo, mahalliy hokimlar ushbu borada prezidentni yiroq yo‘llarda qoldirib ketishlari turgan gap. Ularning o‘z otalari yoxud onalari tengi kishilarni sen-senlab haqoratlaganlari bisyor bora kuzatilgandir.

- Davlat rahbari ketganidan so‘ng viloyat hokimi bir mahallaga borib "yotib oldi". Endi o‘sha mahalla gullab-yashnshi aniq. Lekin u kishi hamma mahallaga borib yotib ololmaydi. Buni byudjet ham, tadbirkorlar ham ko‘tara olmaydi. Xalqni boqimandalikka tobora o‘rgatib qo‘yishmayaptimi?

 

- Mazkur o‘rinda, avvalo, Shavkat Abdurazzoqovning "hozirjavob"ligi meni ajablantirdi. Uning prezident tanqidiga nishon bo‘lgan mahallaga konteyner o‘rnatib, o‘sha joyga ko‘chib borib yashashini e’lon qilganligining o‘zi Sh. Abdurazzoqovning viloyat hokimi sifatidagi saviyasi haminqadarligini oshkora aylab qo‘ydi. Nima, viloyat hokimining yuzlab mahallalardan, atigi, bittasidagi muammolarni hal qilishdan boshqa zarur yumushlari yo‘qmi?! Menimcha, Sh. Abdurazzoqov prezidentga "fidoyiligi"ni namoyon etmoqchi bo‘ldi-yu, lekin, aslida, ayni gapi bilan bilan "qovun" tushirib qo‘ydi.

- Prezidentning Namangan safaridan ko‘nglingizda paydo bo‘lgan asosiy his nima?

 

- Aslida, bunaqangi safarlar yangilik emas-ku! Ammo, hamma gap ularning beradigan samaralarida. Odatda, davlat rahbarining viloyatlarga mana shu singari "tashrif"lariga mahalliy hokimlar jon-jahdlari bilan tayyorgarlik ko‘radilar, joylardagi qusurlarni, nuqsonlarni, kamchiliklarni yopishga, shuningdek, xaspo‘shlashga urinadilar. Prezident Toshkentga qaytganidan keyin esa, ko‘p ishlar yana eski holicha qolaveradi. Mana shular xususida o‘ylar ekanman, Namangan safarining natijasi ham juda barakali bo‘lishiga unchalik ishona olmayman.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Андрей Рублёв

Рублёв стал победителем «Мастерса» в Мадриде






Андрей Мостовой отреагировал на оскорбления «Зенита» болельщиками «Факела»

Москва рассчитывает, что учения с применением ТЯО «остудит горячие головы» на Западе

Критик Бабичев допустил, что в России может вскоре появится преемница Пугачевой

Ряд улиц в центре Москвы перекроют в связи с инаугурацией президента