Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Июнь
2021

"Jannatdan daraklar"-2: Mirziyoyev davri targ‘iboti uchun davlat idoralaridan milliardlab pul o‘tkazish so‘raldi

0

Joriy yil kuzida ikkinchi muddatga qayta saylanishi kutilayotgan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev “islohotlari”ni tarannum qilishga davlatning milliardlab puli sarflanmoqda.

Bu jarayon Bosh vazir o‘rinbosari¸ Mirziyoyev hukumatining oldi targ‘ibotchisiga aylangan Aziz Abduhakimovning vazirlik va davlat tashkilotlari¸ qolaversa¸ tijorat banklariga bergan majburiy topshirig‘i asosida bormoqda.

Ozodlikka nusxasi yuborilgan kelishuvlar davlat tashkilotlari zimmasiga mahalliy jurnalistlar ruscha NAESMI nomi bilan ataydigan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) ga “amalga oshirilayotgan islohotlar” haqida tezkor ma’lumot tarqatish uchun milliardlab so‘m pul o‘tkazish majburiyati yuklatilganini ko‘rsatadi.

Ushbu assotsiatsiya raisi bir paytning o‘zida ham “O‘zbekkino” rahbari¸ ham qator xususiy telekanal va axborot saytlari egasi, media-magnat Firdavs Abduxoliqovdir.

Abduxoliqov Islom Karimov davrida uning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tadbirlarining yetakchi tashkilotchisi va targ‘ibotchilaridan biri sifatida tanilgan.

Karimova qamalishi bilan undan rasman yuz o‘girgan va o‘ziga qarashli matbuotda "Gulnoraning kirdikorlari"ni fosh qilgan Abduxoliqov¸ bir muddat tanaffusdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev islohotlarining bosh propagandachisiga aylandi.

EOAVMAga pul o‘tkazgan vazirliklardan birining mulozimi¸ Abduxoliqov davlat idoralariga majburan sotayotgan «Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh» milliy media dasturi doirasida ochiqchasiga manfaatlar to‘qnashuvi¸ qolaversa¸ davlat mablag‘larining o‘zlashtirilayotganini iddao qildi.

Ozodlik bu iddaolarga Firdavs Abduxoliqovning bevosita o‘zidan izoh ololmadi. EOAVMAning mazkur media dastur uchun mas’uli, Ozodlik bilan suhbatda o‘zini EOAVMA bosh direktori o‘rinbosari deb tanishtirgan Rajabboy Rajabov bunday iddaolarni rad qildi.

“Yangi O‘zbekiston¸ Yangi nigoh” media dasturining butun mamlakat bo‘ylab davlat va nodavlat tashkilotlariga taklif qilinganini aytgan Rajabovga ko‘ra¸bu jarayonda “mutlaq majburiylik yo‘q”.

“Jannatdan daraklar”: 2-sezon¸ yangi epizodlar…

Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan O‘zbekistondagi yirik vazirlik va tijorat banki mulozimlari bosh tashabbuschisi Firdavs Abduxoliqov bo‘lgan «Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh» milliy media dasturini shunday nomladi.

“Abduxoliqov fevral oyida Bosh vazir Aripov raislik qilgan Kabmin majlisida Mustaqillikning 30 yilligi bahonasida Mirziyoyev islohotlarini keng targ‘ib qilish g‘oyasi bilan chiqdi. Bunday propaganda tadbirlari uchun katta pul so‘radi. Uning tashabbusi Vazirlar Mahkamasining XDFU (xizmat doirasida foydalanish uchun) deb tasniflangan protokoliga kiritildi¸ lekin hech kim bunaqa safsatabozlikka pul ajratishga unamadi”¸ - deydi jarayon tafsilotlaridan bevosita xabardor mulozim.

Bu protokol bajarilmaganidan keyin Ozodlik gaplashgan Toshkent mulozimlariga ko‘ra¸ o‘tgan oy Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “vazirlik va qo‘mitalar, tashkilotlar rahbarlari o‘rinbosarlari va matbuot kotiblarini yig‘ib, alohida majlis o‘tkazgan.

“Ana shu majlisda hech kimga bildirmaslik sharti bilan Abduxoliqov uyushmasiga pul o‘tkazishni majburiy qilib qo‘ydi. Bu gap “chetga chiqib ketmasin tag‘in”, deb yig‘ilganlardan iltimos ham qildi”. Qaysi vazirlik va tashkilotning bu propaganda tadbirlariga qancha pul o‘tkazishi ularning moliyasiga qarab belgilandi. Kimgadir bir milliard¸ tijorat banklariga 2 milliard¸ yana qaysidir davlat tashkilotlariga 5 milliard so‘mgacha majburiy o‘lpon solindi. Hamma dod deyapti”¸- deydi Ozodlikka majburiy to‘lov shartnomasi tuzgan davlat tizimi rasmiysi.

Ozodlik suhbatdoshlari O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bahonasida EOAVMA dasturiga kiritilgan kampaniyalarni “bir pulga qimmat tadbirlar”¸ “mustaqillik va saylov bahonasida pul yig‘ish amaliëti” deb baholadi.

Hujjatlar nima deydi?

Ozodlikka Bosh vazir o‘rinbosari bosimi ostida EOAVMA bilan shartnoma tuzishga majbur bo‘lgan davlat tashkilotlaridan biri¸ qolaversa¸ tijorat banki mulozimi o‘z idorasi rahbari nomiga yozilgan xat va unga ilova qilingan kelishuv nusxasini taqdim qildi.

EOAVMA boshqaruvi raisi o‘rinbosari¸ bosh direktor J. Safoyev imzosi bilan yuborilgan xat ham¸ unga ilova qilingan kelishuv matni ham ayni. Tafovut¸ faqat vazirlik va idora rahbarlari nomi¸ hamda ulardan so‘ralayotgan mablag‘ miqdorida.

Xususan¸ Ozodlik ko‘rgan kelishuvlardan birida 1 milliard so‘ralgan bo‘lsa¸ boshqasida 2 milliard so‘ralgan.

Kelishuv shartlarida ham juz’iy farq kuzatiladi – bir idoradan xizmat haqining 30 foizini besh ish kuni ichida to‘lash so‘ralsa¸ boshqasida 40 foizini oldindan to‘lab qo‘yish so‘raladi.

 

Safoyevning vazirlik¸ qolaversa¸ tijorat banklari rahbarlariga yuborgan xatida “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturida doirasida ishlab chiqilgan 60 dan oshiq loyihani ko‘rib chiqib¸ agar qiziqish bo‘lsa¸ ularni xarid qilish so‘ralmaydi.

Aksincha¸ rahbarlardan bu xizmatlar uchun shartnoma imzolash va falon pulni to‘lab qo‘yishda “amaliy yordam ko‘rsatish” so‘raladi.

Ozodlik manbalari EOAVMA davlat tashkilotlari rahbarlaridan tuzishni so‘rayotgan shartnoma doirasida taklif qilingan xizmatlar ro‘yxatini ham taqdim qildi.

Ular orasida EOAVMAga a’zo telekanallar axborot dasturlarida pul to‘lagan vazirlik faoliyatini haftada kamida ikki marotaba yoritish¸ bu xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatish¸ Milliy matbuot markazida brifinglar uyushtirish¸ master klass¸ turli seminarlar tashkil qilish¸ har bir vazirlik xodimlarini yoppasiga Telegram va Feysbuk sahifalariga a’zo qilish¸”amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlar borasida tezkor ma’lumot almashish”ni yo‘lga qo‘yish¸har bir vazirlik faoliyatiga oid ikkitadan reklama roligi tayyorlab¸ uni 20 ta telekanalda 2000 marta efirga uzatish bor.

“Bu xizmatlar ro‘yxatiga e’tibor bering – davlatning yuzlab milliard pulini Firdavs Abduxoliqovning uyushmasi olyapti-da¸ xizmatni xususiy telekanallar qilyapti. Bu yerda korrupsion sxema bor. Ikkinsi¸ matbuot erkinligini qo‘llayapman¸ deb xalqaro donorlardan pul olib kelayotgan nodavlat uyushmasi xususiy telekanallar faoliyatiga bevosita daxl qilyapti – ularni davlat propaganda mashinasiga aylantiryapti”¸- deydi Ozodlik gaplashgan vazirliklardan birining matbuot xizmati xodimi.

EOAVMA nima deydi?

Ozodlik 14 - iyun kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media dasturi ijrosiga bevosita aloqador rasmiylari bilan gaplashdi.

Xususan¸ o‘zini assotsiatsiya bosh direktori o‘rinbosari¸ mazkur uyushma a’zosi bo‘lgan NTT telekanali bosh direktori Rajabboy Rajabov Ozodlik savolalriga javob berdi.

EOAVMA nomidan gapirgan Rajabov¸ «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media dasturi haqida «ayrim kaltafahm xoinlar» odamlarda noto‘g‘ri tushuncha hosil qilishga urinayoyotganini ta’kidladi.

“Bu jarayonda hech qanday majburlash yo‘q¸ majburiy pul o‘tkazish yo‘q. Biz 50 dan oshiq platformada 60 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif berdik. Bu kelishuvlarga hukumat aralashmayapti”¸ dedi Rajabov.

Ayni paytda EOAVMA rasmiysi o‘tgan oy Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘tkazgan yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi bilan tanishtiruv bo‘lganini tasdiqladi. U shuningdek¸ mazkur media dastur ijrosini qo‘llab-quvvatlashni so‘rab¸ Vazirlar Mahkamasiga media holl tuzib berishni so‘rab maxsus xat bilan murojaat qilinganini ham bildirdi.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘zini mamlakatdagi so‘z erkinligi va demokratiya targ‘ibotchisi sifatida taqdim etadi va buning uchun YeXXT¸ YuNESKO kabi xalqaro tashkilotlar¸ AQSh¸ Britaniya¸ Germaniya kabi G‘arb hukumatlaridan grant oladi¸ Deutsche Welle¸ BBC, Amerika ovozi bilan hamkorlik qilib keladi.

Assotsiatsiya “nodavlat telestansiyalar efiri kontentining xilma-xilligini ta’minlash¸ teleradiouzatuvchilarning fuqarolik jamiyatini qurishdagi faolligini oshirish”ni o‘z ustuvor vazifasi qilib belgilagan.

Bunday iddao bilan ishlayotgan nodavlat uyushmasi nega markazlashgan hukumat propagandasi bilan shug‘ullanmoqda¸ degan savolga Rajabov¸ bunday amaliyotning yangi emasligini bildirdi.

“Oldingi yillarda ham bizga so‘z erkinligini qo‘llash uchun hukumat buyurtmalari berilgan. Har yili media forumlarni davlatdan pul olib, qilib, uyushtirib berganmiz. Demokratik debatlar o‘tkazganmiz. Bu taklifni majburiy deb qabul qilganlar fitnachi¸ kaltafahm matbuot kotiblari. Ig‘vogarlarning ishi bu”¸- dedi Rajabov

Ozodlik bilan suhbat davomida Rajabov o‘zi rahbarlik qilayotgan uyushma bilan “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi doirasida kelishuv tuzishga majburlanayotgan davlat va tijoriy tashkilotlarni bevosita o‘ziga murojaat qilishga chaqirdi.

“Majburiy deb o‘ylayotganlar bevosita manga chiqsin¸ hamma savollariga javob berishga tayyorman. Biz ularga 10 milliardlik xizmatni 1nmilliardga taklif qilib¸ muttahamga chiqyapmiz”¸ dedi Rajabov jumladan.

Gulnoraning tashkilotchisidan Mirziyoyev targ‘ibotchisiga

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi 2003 - yilda samarqandlik Firdavs Abduxoliqov tomonidan tuzilgan va hozirgacha uning boshqaruvida qolmoqda.

Abduxoliqov marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan 10 yil juda yaqin hamkorlik qilgan va shuning ortidan "O‘zbekistondagi eng yirik mediamagnatga" aylangan.

Abduxoliqov EOAVMA boshqaruvi raisi¸ “O‘zbekkino” rahbari bo‘lish barobarida ayni paytda O‘zbekistondagi mashhur Sevimli va MY5 telekanallari¸ shuningdek¸ Darakchi nashri egasi hamdir.

Abduxoliqov Islom Karimov o‘limidan ko‘p o‘tmay¸ 2017 - yil avgustida uning qizi¸ sobiq rahnamosi Gulnora Karimovaga qarshi maqola yozib¸ uni o‘zining “Darakchi” gazetasida chop ettirgan edi.

Bunday fosh qiluvchi maqola bilan bir paytda Abduxoliqov Shavkat Mirziyoyev boshlagan “islohotlar”ni maqtashga kirishgan va bundan so‘ng "korrupsiya va jinoyatchilikka asoslangan “saltanat” yaratishga hojat qolmaganini iddao qilgandi.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



«1418»: выставка секции «Арт-фото» ТСХР в зале «Лаврушинский`15»

Новый транспортный хаб начали строить Казахстан, РФ и Китай

звезды шоу-бизнеса посетили весеннюю неделю моды estet fashion week

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)


Туроператор Пегас сделал важное заявление по летним турам

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

Весенние субботники прошли на предприятиях «Московского» филиала ООО «ЛокоТех-Сервис»

«1418»: выставка секции «Арт-фото» ТСХР в зале «Лаврушинский`15»


Ryan Poles Needs A Last-Minute Review Of His Quarterback Scouting Notes To Ensure Nothing Is Missed

As residents complain of strong odors, Carroll officials pass moratorium on DAF storage

Ramon Cardenas aims to cement his contender status agains Jesus Ramirez Rubio tonight

Chat log from R7 of 2024: Gold Coast vs West Coast


ИТ Альянс объявляет о графике работы в майские праздники

Сотрудники спецподразделений столичного главка Росгвардии окончили обучение в Центре профподготовки в Подмосковье

заканчиваеться неделя распродаж the week of sales ends

Мост в Лыткарино готовят к укладке асфальта


Here's what god rolls you should be farming for Destiny 2: Into the Light's Brave Arsenal weapon set

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

Garry's Mod is removing 20 years' worth of Nintendo-related items from its Steam Workshop following takedown request: 'It's Nintendo. Need more be said?'

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)


Магазин дверей і підлогового покриття Albero: якісна продукція для кожного клієнта

Рушникосушки від Hygge Family: європейські стандарти якості на українському ринку

Охорона і Безпека це ОіБ: замовляй охорону в Києві та Харькові


Что можно отметить в этот день

звезды шоу-бизнеса посетили весеннюю неделю моды estet fashion week

«1418»: выставка секции «Арт-фото» ТСХР в зале «Лаврушинский`15»

Оксана Федорова представит премьеру фильма «Петербург Шаляпина и Рахманинова» на выставке-форуме «Россия»




«1418»: выставка секции «Арт-фото» ТСХР в зале «Лаврушинский`15»

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

Владелец ММК счел шуткой слова Путина о невозможности ему дозвониться

Сергей Собянин. Главное за день


5 собачьих пород, что лучше всего подходят на роль телохранителя

Московский код. Жители и гости столицы пишут краеведческий диктант

Shot: экс-бойфренда Волочковой подозревают в обмане московского бизнесмена

Куда пропала Светлана Иванова? После ареста замминистра появились странные новости о его жене


Кто отец Дианы Джокович?

Россиянка Полина Михайлова стала чемпионкой Франции по настольному теннису

Самсонова победила Осаку и вышла в третий круг турнира WTA 1000 в Мадриде

Шикарный и практичный стиль Елены Джокович из базовых вещей


Собянин представил масштабную программу фестиваля "Пасхальный дар"

Педагога реабилитационного центра подозревают в избиении инвалида в Москве

Вадиму Стукалову запретили выступать после МОТ

Тело пропавшего четырехлетнего мальчика в Бурятии нашли в стиральной машине


Музыкальные новости

Киркорова оштрафовали на 6 тысяч рублей из-за неуплаченного штрафа в 3 тысячи

У могил Горшка и Виктора Цоя на Богословском кладбище появилась защита от вандалов

Концерт «7 хитов И.С.Баха» в Эрмитажном театре

Сергей Трофимов выступит с летним концертом в Зеленом Театре ВДНХ



Что можно отметить в этот день

“Вилла Ливадия” - последние 6 апартаментов в уникальном комплексе у моря

звезды шоу-бизнеса посетили весеннюю неделю моды estet fashion week

«1418»: выставка секции «Арт-фото» ТСХР в зале «Лаврушинский`15»


Каршеринг BelkaCar и картографический сервис 2ГИС запустили серию совместных маршрутов

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

В Московской области сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже дорогостоящего электрооборудования

Генерал-полковник Алексей Воробьев высоко оценил подготовку кинологов Росгвардии к предстоящим соревнованиям по профессиональному многоборью


На Московском путепроводе в Туле произошло лобовое ДТП: трое госпитализированы

Блогер Асхаб Тамаев попал в ДТП около Москва-Сити

Многокилометровая пробка на М-11: массовое ДТП под Петербургом спровоцировало мощный затор

Mash: Блогер-миллионник влетел в столб и разбил новую BMW в центре Москвы


Поведение Путина вызвало резонанс, потерянные в 90–е заводы возвращаются РФ

Париж решил показать, что такое ядерное сдерживание России по-французски

Путин поздравил Леонида Рошаля с днем рождения

Песков: возможное изъятие активов РФ будет солидным гвоздем в гроб западной экономики




Продюсера Reuters арестовали за публикацию материалов на YouTube-канале «НавальныйLIVE»

Басманный суд Москвы арестовал продюсера Reuters Константина Габова за помощь ФБК в подготовке материалов

Дух разделения в Святой Руси, или Можно ли лишиться сана за отпевание Навального*


В День Медика пройдет премия в области здоровья The Medical Stars & Beauty Awards

Педагога реабилитационного центра подозревают в избиении инвалида в Москве

Учитель из Бутово стала «Гуру физкультуры»

Школьница из Бутово придумала приложение для детей и взрослых «Твой ортодонт»



Результаты забега на 5 км на Московском полумарафоне. Аплачкина и Голоктионов установили рекорды соревнований

"Динамо" и "Зенит" назвали стартовые составы на матч 26-го тура РПЛ

Московские школьники стали победителями всероссийской олимпиады по математике

Якутянин победил на первенстве России по настольному теннису


Это - война: литовские беспилотники попытались атаковать Минск



Собянин поздравил работников скорой помощи с профессиональным праздником

Собянин представил масштабную программу фестиваля "Пасхальный дар"

Собянин: К открытию Троицкой линии территории возле новых станций благоустроят

Собянин: С 28 апреля до 12 мая городские службы будут работать в усиленном режиме


Прокуратура Москвы: тело мужчины нашли в лесопарке в Сокольниках

В Москве в парке нашли труп мужчины

Учения по ликвидации лесных пожаров прошли в Богородском округе

В Москве прошел ливень «летней интенсивности»


Сергей Жуков рассказал о работе над фильмом о группе «Руки вверх»

Вадиму Стукалову запретили выступать после МОТ

Глава МВФ заявила о четырехкратном росте числа торговых ограничений в мире

«Не смогла остановиться»: мать-одиночка Юлия Ефременкова купила восьмую квартиру


В столице Поморья состоялись областные соревнования по художественной гимнастике

В Поморье продолжат развивать систему видеофиксации нарушений правил дорожного движения

Калининградские каратисты показали способности на чемпионате СЗФО

Калининградская команда по киокусинкай стала вице-чемпионом первенства СЗФО


Выставка-панорама героической истории "Вехи памяти и славы" ко Дню Победы в Великой Отечественной войне

Литературно-поэтический час «Ушла на фронт ещё девчонкой...»

Крымские проекты победили в Международном профессиональном конкурсе НОПРИЗ на лучший проект – 2023

Два матча чемпионата Крыма по футболу перенесли из-за массового отравления


Московский код. Жители и гости столицы пишут краеведческий диктант

Глава МВФ заявила о четырехкратном росте числа торговых ограничений в мире

Синоптик Шувалов рассказал о похолодании в Москве

Аллею памяти и славы открыли вблизи школы № 2 в Балашихе












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
WTA

Свёнтек разгромила Кырстю и вышла в 1/8 финала турнира WTA-1000 в Мадриде






Глава МВФ заявила о четырехкратном росте числа торговых ограничений в мире

Синоптик Шувалов рассказал о похолодании в Москве

Водитель-мигрант ударил подростка по лицу в Подмосковье. Пассажиры спасли от дальнейшей расправы

5 собачьих пород, что лучше всего подходят на роль телохранителя