Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Август
2021

Tolibon: Qo‘mondonlik zanjiri va siyosiy idora - ekstremistik guruhni kim va qanday boshqaradi?

0
Tolibon: Qo‘mondonlik zanjiri va siyosiy idora - ekstremistik guruhni kim va qanday boshqaradi?

Tolibon Afg‘onistondagi barcha tumanlarning yarmidan ko‘pini egallab olar ekan, bu ekstremistik guruhning Dohada o‘tkazilgan muzokaralarda bergan va’dalari bajarilmay qolmoqda.

2020 - yil fevral oyida Tolibonning «Siyosiy ishlar komissiyasi» Dohada AQSh bilan tuzilgan tinchlik bitimida guruh inson huquqlarini hurmat qilishni va o‘z nazorati ostidagi hududlarga chet ellik jangarilarni kiritmaslikni va’da qilgan edi.

Ammo Ozodlik radiosining afg‘on va tojik xizmatlari xabarlariga ko‘ra, Tolibonning Afg‘onistonda xorijiy jangarilar yo‘q, degan iddaolari yolg‘on. Aslida mamlakatda minglab xorijiy jangchi Tolibon bayrog‘i ostida jang qilayotgani, ularning aksari pokistonliklar ekani aytilmoqda.

“Human Rights Watch” tashkiloti yaqinda G‘azni, Qandahor va Afg‘onistonning boshqa viloyatlarida Tolibon jangarilari Afg‘oniston hukumati bilan aloqasi borligi gumon qilingan askarlar, politsiya xodimlari va tinch aholi vakillarini hibsga olayotgani va qatl qilayotganini bildirdi.

Bu kabi xabarlar Tolibonning Dohadagi siyosiy idorasi jang maydonlaridagi qo‘mondonlari va Tolibon harbiy rahbarlari tayinlagan hokimlarga ta’sir ko‘rsata olishiga shubha tug‘diradi.

«Tolibon qo‘mondonligi va boshqaruvi haqidagi eng muhim savol haqida hozir ma’lumotimiz juda oz», dedi Afg‘onistondagi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Ted Kallaxan.

«Savol Dohada Afg‘oniston hukumati bilan muzokara olib borayotgan toliblar jang maydonidagi to‘qnashuvlarni aslida qay darajada nazorat qila olishi bilan bog‘liq».

Boshqaruv va nazorat

Ozodlik radiosi savollariga javoban Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Dohadagi siyosiy ishlar komissiyasi so‘nggi oylarda katta hududlarni egallab olgan jangchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qila olmasligini aytdi.

Mujohid Ozodlikka elektron maktub yuborib, Dohadagi siyosiy idora Tolibon oliy lideri Malaviy Hibatulloh Oxundzoda boshqaruvi ostida vazirlar mahkamasi bo‘lib xizmat qiladigan yigirmaga yaqin komissiya va idoralardan biri ekanini tushuntirdi.

Mujohidning aytishicha, Tolibon rahbariyati tarkibidagi alohida bo‘linma bo‘lmish «Harbiy ishlar komissiyasi» harakatning butun harbiy qo‘mondonlik zanjirini viloyat va tuman darajasigacha nazorat qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oxundzoda Tolibonning diniy, siyosiy va harbiy masalalar bo‘yicha oliy rahbaridir. Kotib Oxundzodaning uchta o‘rinbosari borligini qo‘shimcha qildi.

Siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar mulla Abdul G‘ani Barodar «Siyosiy ishlar komissiyasi»ni boshqaradi va Dohadagi Tolibon muzokarachilar guruhiga yetakchilik qiladi.

Rahbarning janubiy viloyatlar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Muhammad Yoqub toliblarning asoschisi Mulla Muhammad Umarning o‘g‘lidir. U, shuningdek, toliblarning harbiy operatsiyalarini boshqaradi.

Oxundzodaning sharqiy viloyatlar bo‘yicha o‘rinbosari Sirojiddin Haqqoniy «Haqqoniy» deb nomlanuvchi guruhga yetakchilik qiladi.

Mujohidning ta’kidlashicha, Tolibonning harbiy qo‘mondonligi Yoqub va Haqqoniy hukmronlik qiladigan «Harbiy ishlar komissiyasi»ga bo‘ysunadi.

Tolibonning tuman darajasidagi har bir qo‘mondoni viloyat qo‘mondoniga bo‘ysunadi.

Mujohid Ozodlikka har biri kamida uchta viloyat qo‘mondonligiga javob beradigan yettita mintaqaviy «doira» borligini aytdi.

Ushbu mintaqaviy «doiralarni» «Harbiy ishlar bo‘yicha komissiya» rahbarining ikkita o‘rinbosari nazorat qiladi. Biri Tolibon «g‘arbiy zona» deb nomlaydigan 21 viloyatiga mas’ul, ikkinchisi esa «sharqiy zonadagi» 13 provinsiyadagi qo‘mondonlikni nazorat qiladi.

Tolibon «Harbiy ishlar komissiyasi», shuningdek, Tolibon tuzayotgan hukumatdagi barcha viloyat va tuman «hokimlarini» tayinlash va nazorat qilish uchun mas’uldir.

Lozim bo‘lgan o‘zgarishlar

Tahlilchilarning aytishicha, Tolibonning hozirgi rahbarlik tuzilmasi 2001 - yildan buyon shakllanib kelgan. Boshida mahalliy jangari qo‘mondonlari birlashmasi o‘laroq ish boshlagan guruh nisbatan uyushgan siyosiy va harbiy harakatga aylangan.

Rahbariyatdagi asosiy o‘zgarishlar 2013 - yilda Tolibon asoschisi Mulla Umar vafotidan keyin sodir bo‘lgan. Uning o‘limi ortidan Tolibonni raqib guruhlarga bo‘linib ketgan.

Aslida bu bo‘linishlar pashtun qabilalari o‘rtasidagi kurashining davomi bo‘lgan.

Bir taraf Umarning o‘g‘lini Tolibonning navbatdagi oliy rahbari etib tayinlashni qo‘llagan. Bu guruhning Afg‘oniston g‘arbida va janubida izdoshlari bor. Shuningdek, bu guruh Tolibonning maslahat va qaror qabul qilish bo‘yicha eng yuqori rahbarlik kengashi – «Rahbari Sho‘ro» yoki «Kvetta Sho‘rosi»ga hukmronlik qiladi.

Boshqa tarafda Afg‘oniston sharqi va Pokistonda joylashgan, Haqqoniy tarmog‘iga aloqador Tolibon qo‘mondonlari bor. Ushbu guruh Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida «Peshovar Sho‘ro» hamda Pokistonning Shimoliy Vaziriston qabilaviy mintaqasida «Miran Shoh Sho‘ro» deb nomlanuvchi maslahat kengashlari bilan aloqador.

AQSh Tinchlik instituti (U.S. Institute for Peace, USIP) 2019 - yilda o‘tkazgan tadqiqotda Mulla Umar vafotidan keyin Tolibon guruhlararo bo‘linishlarni ozaytirish uchun o‘z qo‘mondonlik tuzilmasini qanday takomillashtirgani tasvirlangan.

Institut hisobotida aytilishicha, birlashgan harbiy va siyosiy harakatni tuzish orqali Tolibon «katta hududlarni egallab olishga va boshqarishga muvaffaq bo‘lib kelmoqda».

Buning uchun guruh «yashirin» boshqaruv tizimini yaratgan. Bu esa turli guruhlarning harbiy qo‘mondonlariga o‘z nazoratlari ostidagi hududda yashirin hukumat «amaldorlarini» tayinlash imkonini bergan.

Bunga qaramasdan, USIP hisobotida Tolibonning yashirin boshqaruv tizimi «notekis va vaqtinchalik» bo‘lib kelmoqda, deya xulosa qilindi. Natijada «alohida qo‘mondonlarning xohish-istaklari, mahalliy urf-odatlar va Tolibonning jamiyatdagi kuchidan kelib chiqqan holda» turli qoidalar ishlab chiqilgan.

«Tolibon rahbariyatidan tortib, mahalliy qo‘mondonlargacha Afg‘onistonda harakatning siyosatini yaratish va shakllantirishda muhim rol o‘ynab keladi», deyiladi hisobotda. «Tolibon siyosati yo‘nalishi ham pastdan yuqoriga, ham yuqorida pastga qaratilgan bo‘lib, rahbariyat qoidalarni maydondagi jangchilar va qo‘mondonlar bilan teng shakllantiradi».

Kallaxanning aytishicha, Tolibon hozirgi boshqaruv va nazorat tuzilmasini saqlab qola olishi yoki yo‘qligi Afg‘oniston kelajagiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillarning biridir.

Bugungi Tolibon

«Agar ularni juda oddiy qilib ta’riflaydigan bo‘lsak, hozirgi kunda Tolibon norozi afg‘onlardir», dedi Kallaxan Ozodlik bilan suhbatda.

U mamlakatda minglab afg‘on bo‘lmagan tolib jangchilari borligini qo‘shimcha qildi.

«Ular endi pushtun etno-millatchilik harakati emas», deya tushuntirdi Kallaxan.

«Guruh 90‑yillarga qaraganda ancha xilma-xil».

Qarorgohi AQShda joylashgan Demokratiyalar himoyasi uchun jamg‘armasining (Foundation for Defense of Democracies, FDD) katta ilmiy xodimi Bill Rojio Tolibonning 2020 - yilgi Doha muzokaralarida inson huquqlarini hurmat qilish va xorijiy jangarilarni o‘z nazorati ostidagi hududlarga kiritmaslik borasida qilgan va’dalarga ishonmaydi.

Rojio bugungi toliblar hali ham Afg‘oniston Islom Amirligini tuzishga va mamlakatda shariatning qat’iy versiyasini joriy qilishga urinayotganini aytdi.

Ammo Rojio 90-yillar oxirida Afg‘onistonning ko‘p qismini nazorat qilgan Tolibon bilan bugungi Tolibon o‘rtasida muhim farqlar borligini aytdi.

«Tolibon asosan afg‘onlardan iborat», dedi Rojio Ozodlikka bergan intervyusida.

«Unda afg‘onlar hukmron. Ammo bu masala Pokistonda ham, Afg‘onistonda ham faoliyat yuritadigan Haqqoniy tarmog‘i kabi guruhlar tufayli biroz murakkablashdi».

«Ko‘p sonli etnik o‘zbeklar va tojiklar, hatto turkmanlar, ba’zi hollarda hatto bugungi kunda ... Tolibonga kiruvchi etnik hazoralar ham bor», dedi Rojio.

«So‘nggi yillarda Tolibon bu jamoalarga chuqur kirib bordi. 2001 - yil 11 - sentabrda AQShga qarshi uyushtirilgan terror hujumidan oldingi Tolibon bilan bugungi Tolibon o‘rtasida katta farq bor».

Uning aytishicha, Afg‘onistonda Tolibon harakati uchun jang qilayotgan minglab xorijiy jangari orasida «Al-Qoida» tarkibiga kiruvchi, Yaqin Sharq mintaqasidan kelgan, shuningdek, Pokiston va Markaziy Osiyodan borgan jangarilar bor.

Darhaqiqat, BMT Xavfsizlik Kengashining Tahliliy qo‘llab-quvvatlash va sanksiyalar monitoringi jamoasining (Analytical Support and Sanctions Monitoring Team) so‘nggi hisobotida Afg‘onistonda taxminan 85 ming faol Tolibon jangchi borligi, ularning 10 mingga yaqini xorijiy jangarilar ekani aytiladi.

Hisobotda qayd etilishicha, ularning 6.5 mingga yaqini Pokiston fuqarolaridir. Qolganlari esa Markaziy Osiyo, Chechenistondan borgan yoki Yaqin Sharqdagi «Al-Qoida» qoldiqlaridir.

Ozodlik radiosi tojik xizmati Afg‘oniston shimolida toliblar tojikistonlik jangarilar qo‘mondonini yaqinda bosib olingan besh chegara tumaniga rahbar etib tayinlaganini hujjatlashtirdi.

Mahdi Arsalon taxallusi bilan tanilgan 25 yoshli qo‘mondon Tojikiston sharqidagi Rasht vodiysida joylashgan Sherbegiyon qishlog‘ida tug‘ilgan.

Arsalon va uning jangarilari Afg‘onistonda «tojik toliblari» nomi bilan tanilgan.

Aslida esa ular bundan o‘n yil muqaddam Tojikiston muxolifati qo‘mondoni tomonidan Dushanbedagi hukumatni ag‘darish maqsadida tashkil etilgan «Jamoat Ansorulloh» guruhining a’zolaridir.

«Jamoat Ansorulloh» Tojikistonda terrorchi guruhi sifatida taqiqlangan.

Yaqinda Ozodlik radiosining Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi muxbirlari «O‘zbekiston islomiy harakati» bilan aloqador o‘zbek jangarilari borligi haqida xabar bergan edi.

Badg‘is viloyati hokimi Hosamuddin Shams Ozodlikka bergan intervyusida o‘zbek jangarilari mamlakat shimoli va g‘arbida Tolibon janglariga rahbarlik qilayotganini aytdi.

Shamsning aytishicha, 2018 - yilda 80 ga yaqin o‘zbek jangarining oilasi Pokistondan Badg‘is viloyatiga o‘tgan va hozirda Bolamurg‘ob tumanida yashamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek toliblarining aksariyati «O‘zbekiston islomiy harakati» jangarilari farzandlaridir. 2001 - yilda «O‘zbekiston islomiy harakati» jangarilari Pokistonga qochib o‘tgan edi.

Afg‘onistonning shimoliy qo‘shnilari markaziy osiyolik toliblar bir kun vatanlariga qaytib, qo‘zg‘olon boshlashga urinishidan xavotirda.

Afg‘oniston shimolidagi AQSh maxsus kuchlarining sobiq maslahatchisi Kallaxanning aytishicha, Tolibonning o‘z saflarida xorijiy jangarilar yo‘q, degan da’vosi haqiqatdan yiroq.

«Aftidan, ular o‘zlari egallab olgan barcha hududni boshqarishga hozirda ishchi kuchi yetishmayotgani uchun bu jangchilarni ishlatmoqdalar», dedi Kallaxan Ozodlik bilan suhbatda.

«So‘nggi oylarda shimolda Tolibon amalga oshirgan blitskrig davomidagi janglarda xorijiy jangarilar qatnashgani haqida xabarlar bor, chunki ko‘p hollarda afg‘on va pokistonlik jangchilar soni yetarli bo‘lmagan», deya tushuntirdi u.

Kallaxan Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida Xitoydan borgan uyg‘ur jangarilar Tolibon saflariga qo‘shilgani haqidagi xabarlar Pekinni xavotirga solganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon o‘z saflarida xorijiy jangarilar borligini inkor etishda davom etadi.

«Xitoy kelajakda Afg‘onistonda rol o‘ynashi mumkin», dedi u.

«Pekin kelgusida yo Afg‘oniston hukumati yoki Tolibon hokimiyatga kelishi haqida garov qo‘yayotgan ko‘rinadi. Aftidan, ular ikkala guruh bilan ham ishlashga tayyor».

«Tolibon bilan chet ellik jangchilar ishlayotgani, xususan, ular orasida uyg‘ur jangarilar borligi kelajakda Tolibon – Xitoy munosabatlariga tahdid soladi», deya xulosa qildi u.

Tolibon va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari

Qog‘ozda askarlari soni va qurol-aslahasi bo‘yicha Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari Tolibondan ustun.

Ammo tahlilchilar qog‘ozdagi vaziyat boshqa, jang maydonidagi vaziyat boshqa ekanini aytmoqdalar.

Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qo‘mondonligi ostidagi qo‘shinlarni hisobga olganda, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari qo‘shinlari soni mamlakatda faoliyat yuritayotgani taxmin qilinayotgan Tolibon jangchilaridan kamida uch baravarga ko‘p.

Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha maxsus inspektor (Special Inspector General for Afghan Reconstruction, SIGAR) Kongressga taqdim etgan so‘nggi hisobotda Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari qo‘shinlarining umumiy soni (maxsus kuchlar, havo kuchlari, politsiya va razvedka zobitlarini hisoblaganda) 307 mingga yaqin ekanini ta’kidladi.

Virjiniya shtatining Arlington shahridagi CNA tadqiqot tashkilotining xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisi Jonatan Shrodenning hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati istalgan kunda safarbar qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shinlar soni 180 mingga yaqindir.

Afg‘oniston armiyasini AQSh yaxshi ta’minlagan. Vashington 2001 - yil oxirida Tolibon tuzumi ag‘darilganidan beri Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini kuchaytirish, jihozlash, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash uchun 83 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.

Afg‘oniston armiyasi AQShdan zirhli mashinalar, samolyotlar va hujum vertolyotlari, artilleriya, avtomatlar, tunda ko‘rish ko‘zoynaklari va kuzatuv dronlarini olgan.

SIGAR hisobotiga ko‘ra, Afg‘oniston harbiylarining 167 ta havo texnikasi, shu jumladan, hujum vertolyotlari bor.

Ammo oxirgi yigirma yil mobaynida Kobulga yetkazib berilgan qurollar va hozirgi kunda mavjud bo‘lgan jangovar qurollar o‘rtasida katta farq bor.

Afg‘on arsenalining hozirgi holati haqidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda.

Ammo guvohlar so‘zlari shuni ko‘rsatadiki, yillar davomida Afg‘oniston hukumati va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shinlarga berilgan texnika va qurol-yarog‘ning aksar qismi yaroqsiz holga kelgan yoki toliblar qo‘liga o‘tgan.

Rojio va Kallaxan Tolibon qurollarining asosiy manbasi Afg‘oniston ichida, degan fikrda.

Tolibon qurollari orasida ular yaqinda qo‘lga kiritgan qurol va uskunalar, shu jumladan, afg‘on harbiylariga berilgan avtomatlar, transport vositalari va tunda ko‘rish ko‘zoynaklari bor.

Shuningdek, toliblarda 1980-yillardagi Afg‘on urushidan keyin mamlakatda urchigan o‘q va yengil qurollar, masalan, sovetlar tomonidan ishlab chiqarilgan AK-47 avtomatlari, raketa va minomyotlar ham bor.

Kichik raketalar, xudkushlik xurujlari va qo‘lbola portlovchi qurilmalar Tolibon qo‘llaydigan eng xavfli qurollar qatoriga kiradi.

Mutaxassislarning fikricha, mintaqadagi "qora bozor" ham Tolibon uchun qurol manbasiga aylangan.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Патриотическую акцию «Синий платочек» провели в Нижнем Новгороде в день прибытия «Поезда Победы»

Страдания юного Аюша Булчун

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

В Парке Горького вновь пройдет Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»


Показ Academy Kaurtseva Fashion Day III 24

С чем носить джинсовое платье этой весной: примеры образов

Сотрудники СЛД «Курск» филиала «Московский» ООО «ЛокоТех-Сервис» продолжают проводить экологические акции

Фестивальный праздник «Музыка моего города» в Улан-Удэ включил в программу спектакль Театра кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети


MTA reveals new electric buses, charging stations in Queens

Citadel CEO Ken Griffin says the anti-Israel college campus protests are just 'performative art'

'Survivor' Contestant Kenzie Petty Announces She's Pregnant, Expecting First Child with Husband Jackson

Trump accidentally admitted to part of alleged hush money scheme outside court: reporter


Разделение изотопа

Военные следственные органы Следственного комитета Российской Федерации отмечают 157-ю годовщину образования

Завершен очередной этап строительства моста в Мнёвниках

Фикс-тариф будет доступен всем пользователям BelkaCar


Here's every World of Warcraft expansion in order of release

Google looks intent on breaking the business of the internet, and AI won't fix it

Сегодня выходит Braid: Anniversary Edition на PC, консоли и смартфоны

Ubisoft cancels The Division: Heartland so it can focus on 'bigger opportunities' like XDefiant



Актер из «Папиных дочек» пропал в Москве

В Парке Горького вновь пройдет Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»

Разделение изотопа

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео




«СВЯТОЙ ЛЕНИН» правит миром, расшифровал «ДНК В.И.Ленина», отменяет налоги. И… отключает институты времени. Разгадка «научных теорий заговоров».

Сергей Собянин рассказал о развитии района Зябликово

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» помогает Государственной Думе РФ оптимизировать налоговую сферу. «СВЯТОЙ кибер ЛЕНИН» удаляет налоги: перезагрузка.


Новак: около 12 тыс. предприятий среднего и крупного бизнеса РФ получат поддержку

Кинофестиваль «Новое движение» откроет фантастическая драма «Пришелец»

Синоптик Ильин: в выходные в Москве будет солнечно и тепло

Девушке с неудачной пластикой ягодиц помогли в больнице в Видном


Теннисист Медведев может спуститься на пятое место в ATP после "Мастерса" в Риме

Диего Шварцман: «Два чилийца в полуфинале в Риме. Шесть латиноамериканцев в топ-30. А ATP в следующем году уберет один из турниров в Южной Америке»

Соболенко — Коллинз: белоруска выиграла первый сет в полуфинале Рима

Теннисист Медведев не смог выйти в четвертьфинал турнира серии «Мастерс» в Риме


«Ъ»: четырем бойцам ЧВК ЕНОТ грозит 17 лет за преступления в составе ОПГ

Акция "Тайна выцветших строк", ко Дню славянской письменности

СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе

Врач рассказал, к чему могут привести прогулки по полю весной в Подмосковье


Музыкальные новости

Причины развода Дженнифер Лопес и Бена Аффлека

Суд отказал в иске о моральной компенсации за "голую вечеринку" Ивлеевой

Совместная Песня со Звездой.

Концерт-телепремьера «Шаляпин и Рахманинов в Кисловодске» состоится на выставке-форуме «Россия»



Актер из «Папиных дочек» пропал в Москве

Кандидат в депутаты Шаламов Руслан награжден медалью

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

В Парке Горького вновь пройдет Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»


Юрист Лебедева: законы о работе онлайн-магазинов в России необходимы уже давно

Инсайдер Карпов: "Спартак" выкупил Станковича у "Ференцвароша" за €200 тыс

Актер из «Папиных дочек» пропал в Москве

Чемпионат России по футболу для людей с ограниченными возможностями начался в Дзержинске


СМИ: Отдел полиции в Москве окружили из-за сбежавшей из дома чеченской девушки

Ярославское шоссе стало лидером сезонного спроса на спортивные площадки в коттеджных комплексах

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

Бег — один из самых популярных видов спорта у россиян


Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге об изменениях в налоговом и бюджетном законодательстве России

Политолог Пшеничников: визит Путина в Китай укрепил союз Москвы и Пекина

Экспорт сельхозпродукции в Китай будет наращивать Россия

Титов о визите Путина в Китай: Можно говорить о настоящем повороте на Восток





Турнир по шашкам пройдет в центрах московского долголетия

В форуме «Здоровье нации – основа процветания России» примут участие ведущие эксперты научно-исследовательских институтов Минздрава России.

Врач Балашова: резкое похудение может привести к тромбозу

Кладезь полезных свойств: Кутушов рассказал о пользе шлемника байкальского


ABC: Зеленский недоволен результатами визита Блинкена в Киев


Инсайдер Карпов: "Спартак" выкупил Станковича у "Ференцвароша" за €200 тыс

В Москве пройдет заплыв «Кубок Чемпионов» от организаторов Swimcup. В старте, который пройдет в гребном канале «Москва», примут участие более 1000 пловцов

ЦСКА в Петербурге обыграл "Зенит" и повел 1/2 финала Единой Лиги ВТБ

Бег — один из самых популярных видов спорта у россиян


Минск поддерживает Баку: планы по строительству агрогородка в Карабахе – ОБНОВЛЕНО

Шесть городов Белоруссии и Азербайджана стали побратимами



Собянин рассказал об уникальных составах, которые поедут по БКЛ в эти выходные

Сергей Собянин. Главное за день

Собянин рассказал о мерах поддержки предпринимательства в Москве

Сергей Собянин рассказал о развитии района Зябликово


Сергей Собянин. Главное за день

СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе

Северо-Западный банк СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе

Сотрудники СЛД «Курск» филиала «Московский» ООО «ЛокоТех-Сервис» продолжают проводить экологические акции


В Москве задержан зампред правительства Алтайского края

СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе

Специалист Чемоданова: переработки могут привести к эмоциональному выгоранию

Москва предоставит 24 некоммерческим организациям бесплатные помещения


У работодателей Архангельской области и НАО началась "вахтовая лихорадка"

АО «Транснефть-Север» оказало помощь в ликвидации пожара в поселке Приводино Архангельской области

Архангельский «Ледокол» вышел в четвертьфинал Ночной хоккейной лиги

В Архангельской области выбрали общественные территории для благоустройства в приоритетном порядке в 2025 году


Фестиваль «Музыка моего города» в Бурятии украсил Театр кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети

Россия, Культура и Дети: детский конкурс эмблемы обьявил Театр кукол в Улан-Удэ

Росавиация опровергла спрямление рейсов в обмен на полеты в Элисту

В Бурятии прошла Байкальская театральная школа прошла - Россия, Культура и Дети


Синоптик Ильин: в выходные в Москве будет солнечно и тепло

В Москве обновили график отключения горячей воды

Более 800 договоров заключили благодаря инвесткарте Подмосковья

Новак: около 12 тыс. предприятий среднего и крупного бизнеса РФ получат поддержку












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
WTA

Азаренко вышла в четвертьфинал турнира WTA-1000 в Риме






Прокурор запросил для членов организации ЧВК «Енот» от 12 до 17 лет тюрьмы

Встреча администрации с жителями прошла в Старых Химках

Нижегородцам угрожает мышиная лихорадка

Лето придет только в снах: такой нестабильной погоды еще не было