Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Август
2021

Taqdir hukmiga tashlanganlar - Tolibon iskanjasida qolgan afg‘on ayoli

0
Taqdir hukmiga tashlanganlar - Tolibon iskanjasida qolgan afg‘on ayoli

Xalqaro koalitsiya kuchlarining 2001 - yili Tolibon ustidan qozongan g‘alabasi ortidan millionlab afg‘on ayolining hayoti¸ sekinlik bilan bo‘lsada¸ o‘zgardi.  Ular  uydan ko‘chaga chiqish,  ta’lim olish¸ mashina haydash, sport bilan shug‘ullanish va jamoat joyda yuzini to‘smasdan yurish kabi oddiy huquqlarga ega bo‘ldi.

Oradan 20 yil o‘tib¸ Tolibonning qayta iqtidorga kelishi ortidan bular barining bekor bo‘lib, ayollar burungi davrga qaytadigan ko‘rinadi. Tolibon qo‘l ostida ayollarning real kelajagi qanday bo‘lishini¸ ular berayotgan va’dalar emas¸  katta shaharlardagi ahvolga ko‘ra taxmin qilish mumkin.

Xususan, iyul oyi boshlarida Qandahorda toliblar bankka bostirib kirib, ayol xizmatchilarni ish joylarini tark etishga majbur qilgan va ularning o‘rniga erlari yoki boshqa erkak qarindoshlari kelib ishlashi mumkinligini aytgan edi.

Bir necha kun o‘tib, ayni voqea Hirotda takrorlandi. Bu safar ayol xizmatchilarni mijozlarga yuzlarini ko‘rsatganlikda ayblashdi. Eng qo‘rqinchlisi, bosib olingan hududlarda toliblar ersiz ayollar va 12 yoshdan katta qizlarni zo‘rlik bilan xotin qilib olayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Tolibonning konservativ islomiy tabiatiga yot kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi qanchadan qancha ayollar borki, ular taqdiri¸ hozirgi vaziyatda nihoyatda tahlikada qoldi.

Quyida Afg‘onistonda o‘lim xavfi ostida qolgan ayollar haqida hikoya qilinadi, shuningdek, ayollarning o‘z haqlari uchun toliblarga qarshi kurashi timsoliga aylangan jasorat sohibalarining kechmishlari esga olinadi.

Ta’lim. Malala Yusufzay

Ro‘yxatdagi birinchi ayol afg‘on emas, balki Pokiston fuqarosi, ammo ushbu kunlarda Afg‘oniston ayollari taqdiri haqida gap ketganda eng avvalo uning ismi tilga olinmoqda. Malala Yusufzay 11 yoshida‑yoq Bi-bi-sida o‘z blogini ochib, toliblarning Pokiston shimolidagi Svat vodiysida shariat qonunlarini o‘rnatishga urinishini tanqid qilish bilan tanilgan edi. 2008 - yilda amerikaliklar Afg‘onistondan Pokistonga siqib chiqargan toliblar va “Al‑Qoida” jangarilari Svat vodiysida islom davlati tuzilganini e’lon qilishgan edi. To‘rt yildan so‘ng AQSh harbiylari ularni vodiydan quvib solishga muvaffaq bo‘ldi, ammo terrorchilik hujumlari, hukumat kuchlari bilan islomchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar hanuz davom etmoqda edi. Shunday kunlarning birida Malala maktab avtobusida darsdan qaytar ekan, yo‘lni qurolli odamlar to‘sadi. Ulardan biri salonga kirib: “Malala kim?” deb so‘raydi. Qizaloq o‘zini tanitganida jangari unga o‘q uzadi. Malala Yusufzayni og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazadilar, u uzoq vaqt komada yotadi, ammo tirik qoladi va Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketadi. Pokistonga ilk bor 6 yildan so‘nggina qaytadi.

Shu o‘tgan yillar mobaynida Malala bir nechta nufuzli mukofotga, jumladan, Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi, bolalarning (avvalo qizlarning) ta’lim olishda teng huquqlarga ega bo‘lishi uchun kurashdi. Suiqasddan so‘ng toliblar Malalani o‘ldirishga bir necha marta va’da beradilar.

Shu kunlarda Malala televizorlar ekranidan tushmayapti: Afg‘onistonda toliblar iqtidorga kelishi munosabati bilan ko‘z oldidan kechayotgan dahshatli bolalik xotiralarini odamlarga so‘zlab bermoqda.

“Hatto maktab kiyimini kiyib yurishga qo‘rqardim, chunki yuzimga kislota sepib yuborishlari hech gap emasdi. Hozirda yuz berayotgan voqealardan o‘ziga kelishi uchun afg‘on xalqiga o‘nlab yillar kerak”, dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Bu orada Afg‘onistonda toliblar avvalgi ta’lim tizimini buzishga kirishdi: seshanba kuni Kobuldagi matbuot anjumanida harakat vakili o‘g‘il va qiz bolalarni ayri-ayri o‘qitish tizimiga qaytilajagini e’lon qildi. To‘g‘ri, ayni chog‘da ular ayollarning ta’lim olishini butunlay taqiqlash rejalarida yo‘qligini iddao qilishmoqda, ammo unutmaslik kerakki, Tolibonning birinchi boshqaruv davri – 1996–2001 - yillarda mamlakatda aksari qizlar umuman maktabga qatnamagan.

Siyosat. Zarifa G‘afforiy

Afg‘onistonning Maydon Shar shahri hokimi, 29 yoshli Zarifa G‘afforiy ayollarning afg‘on siyosatiga qaytishi ramzi bo‘ldi. U Afg‘oniston prezidenti lavozimga tayinlagan birinchi ayol hokim emas, balki eng yosh ayol hokim edi. Eng asosiysi, uning boshqaruviga topshirilgan shahar Kobuldan atigi 40 chaqirim narida bo‘lsa-da, o‘ta konservativ hududlardan biri bo‘lmish Vardak viloyatida joylashgan. 2018 - yilda, yangi lavozimga o‘tirgan ilk kunidayoq bir to‘da erkak uni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘lgan edi. Bu G‘afforiy hayotidagi suiqasdlar silsilasining boshi bo‘ldi, har qadamda kutib turgan xavf-xatar tufayli Zarifa Maydan Sharda muqim yashay olmay, ishga har kuni Kobuldan qatnashga majbur bo‘ldi. 2020 - yil noyabrda toliblar uning otasini qatl etishdi.

“Bilaman, meni qachondir otib tashlashadi”, degan edi Zarifa G‘afforiy 2019 - yilda New York Times gazetasiga bergan intervьyusida. Mana, oradan ikki yil o‘tib o‘n minglab odam ushbu ayolning taqdiridan alag‘da bo‘lib har kuni uning Twitter sahifasini kuzatmoqda. Zarifa so‘nggi tvitini 14 - avgust kuni qoldirgan. O‘sha kuni u Kobuldagi kvartirasidan inews.co.uk saytiga telefon orqali bergan intervyusida shunday degan edi:

“Bu yerda meni olib ketishlarini kutib o‘tiribman. Menga, oilamga yordam bera oladigan hech kim yo‘q. Ular men kabilarni ushlab, olib ketishadi va o‘ldirishadi. Oilamni tashlab keta olmayman. Ammo qayoqqa ham borardim?”

Shundan so‘ng Afg‘oniston tarixidagi eng yosh ayol hokim jurnalistdan uzr so‘rab, ortiq gapira olmasligini aytgan va go‘shakni qo‘ygan. O‘shandan beri Zarifadan dom-darak yo‘q.

San’at. Shamsiya Hasaniy

Ko‘chalarda graffiti chizuvchi birinchi afg‘on musavvir ayoli – Shamsiya Hasaniy ham hanuz Kobulda qolayotgan bo‘lsa ajab emas. U Twitter va Instagramda oxirgi marta 18 - avgustga o‘tar kechasi xabar qoldirgan.

Hasaniy 1988 - yilda Eronda tug‘ilgan bo‘lib, tarixiy vataniga birinchi marta kelganida 20 yoshdan oshgan edi. 2015 - yilda u Kobul universitetida san’at bo‘yicha ilmiy daraja oldi, keyinroq rang-tasvir bakalavri va tasviriy san’at magistri darajalariga ega bo‘ldi va pirovardida ushbu dargohda dars bera boshladi.

Hasaniyning eng mashhur asarlari Afg‘onistondagi urush va mamlakat ayollarining hayotiga bag‘ishlangan.

“Bir narsani sira tushunmaganman: nega sizlar bizning shunchaki tinchgina yashashimizni xohlamaysiz? Tolibon? IShID? Yoki... Osuda turmush kechirishimizga imkon bering. Men o‘z yurtimni, o‘z uyimni qaytarishni istayman. Men xalqimning tinch va erkin bo‘lishini xohlayman”, deb yozgan edi Hasaniy 20 - iyul kuni Twitterda.

Qiz bitta graffitini rekord darajada tez – uzog‘i bilan bir necha o‘n daqiqada chizib bitirishni o‘rganishga majbur bo‘ldi. Aks holda, musavvirning o‘zi aytishicha, tevaragini norozi erkaklar to‘dasi qurshab olishi mumkin edi.

Aviatsiya. Nilufar Rahmoniy

Nilufar Rahmoniy 2012 - yilda, 20 yoshida Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlariga xizmatga kirgan birinchi afg‘on ayoli edi. 1990 - yillar oxirida uning oilasi Tolibondan Pokistonga qochgan va 2001 - yildagina qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Nilufar kelgusida uchuvchilar maktabida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bolaligidan ingliz tilini o‘rgangan. Uchuvchilar kursida ham u yagona ayol edi.

Toliblar HHKda xizmat qilayotgan afg‘on qizini tinch qo‘ymaydi, albatta. Oilasiga tez-tez tahdid qilishadi, “o‘ldirib ketamiz” deb qo‘rqitishadi. Nihoyat, 2018 - yilda Nilufar harbiy xizmatni tashlab, AQShdan boshpana topadi. Shu yilning iyulida uning “Ochiq osmon. Birinchi afg‘on uchuvchi ayoli bo‘lmish mening hayotim” nomli kitobi chop etildi. Hozirda Kobulda Rahmoniyning qarindoshlari, jumladan, otasi qolgan.

“U juda kuchli inson, men yaxshiman, hech qanday xavf-xatar yo‘q, deb ishontirmoqchi bo‘ladi. Ammo bunday emasligini bilaman”, dedi Nilufar seshanba kuni Amerikaning Fox telekanalidagi suhbatda.

Uni hammadan ko‘ra, toliblar hukmi ostida hali hech yashab ko‘rmagan qizlarning taqdiri ko‘proq tashvishga soladi.

“Tolibon 20 yil burun qanaqa qonunlarni joriy qilgan bo‘lsa, yana o‘sha tartiblarga qaytadi, hatto avvalgidan ham shafqatsizroq harakat qilishlari mumkin”, deydi Rahmoniy.

U afg‘on hukumatini ham tanqid qilmoqda:

“Armiya undoq qilishi kerak, bundoq qilishi kerak, deb aytishyapti. Siyosiy rahbariyat mamlakatdan qochib ketganidan so‘ng askarlarni kim ruhlantiradi? Bosh qo‘mondonsiz qo‘shin jangga yaraydimi? Yo‘q, albatta”.

Nilufar MSNBC telekanali jurnalisti bilan suhbat chog‘ida AQSh prezidenti Jo Baydenga murojaat qildi:

“Men, bir afg‘on ayoli o‘laroq, ushbu so‘zlarim prezident Baydenga yetib borishini istayman. Iltimos qilaman, oilalarni qutqaring. Siz ularga keraksiz. Ayollarni, qizaloqlarni qutqaring. Va o‘tinaman, mening oilamni ham xalos eting”.

Jurnalistika. Birinchi afg‘on ayollar telekanali – Zan TV

2001 - yilda toliblar rejimi ag‘darilganidan so‘ng Afg‘onistonda ayollar sekin-asta no’an’anaviy sohalarga, xususan, jurnalistikaga ham kirib kela boshladi. 2017 - yilda ushbu sohada, hatto ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda ham ko‘rilmagan chinakam inqilobiy voqea yuz berdi: Kobulda Zan TV xususiy telekanali efirga chiqdi – uning barcha boshlovchilari va xodimlari ayollar edi. Zan TV kundalik voqea-hodisalardan tashqari, zamonaviy Afg‘oniston jamiyatidagi ayollar muammolarini chuqur yoritishga harakat qildi.

Kanal auditoriyasi shiddat bilan kengayib, bir necha yuz ming tomoshabinga etdi. Zan TV ayollar huquqlari uchun kurashuvchi faollardan intervyu olar, shuningdek, ayollarning kosmetik parvarishi yoki ayollar sporti singari Tolibon hukmronligi davrida man qilingan mavzularga maxsus dasturlarni ajratar edi.

17 - avgust kuni Tolibon ayollarning teleko‘rsatuvlarni olib borishiga ruxsat berdi. O‘sha kuni TOLOnews nomli afg‘on telekanali boshlovchi ayollar bilan ko‘rsatuvlar berishda davom etdi, holbuki bir kun oldin toliblar kanal tahririyatini bosib olishgan edi.

Afg‘oniston davlat televideniyesi boshlovchisi Xadicha Amin o‘rnini Tolibon vakili egalladi. Guruh rahbariyati ayollarning TVda ishlashiga ruxsat berganini iddao qilganiga qaramay, Amin u va hamkasabalariga ishga kelish taqiqlanganini aytmoqda.

Niderlandiya hukumati moliyalab kelgan Zan TV telekanalining istiqboli qorong‘i. Britaniyaning The Guardian nashri Kobulda qolgan bir necha jurnalist ayol bilan, ularning ismlarini sir tutishni va’da qilib, gaplashdi:

“Afg‘onlarning, birinchi galda¸ afg‘on ayollarining ovozini dunyoga yetkazish maqsadida ko‘p yillar jurnalist bo‘lib ishladim, biroq endilikda kasbimizdan, erkimizdan ayrildik. Bunday jazoga loyiq qanaqa gunohim bor, bilmayman. Oxirgi kunlarda hayotimiz ostin-ustun bo‘lib ketdi, biz yana uy-uyimizga qamalganmiz, har daqiqada bizga o‘lim bilan tahdid qilishyapti”, degan ulardan biri.

Zan TVning eng taniqli boshlovchilaridan biri bo‘lgan Fariya Saidiy hozirda Kanadada yashamoqda, u boshqa OAVlarga tez-tez intervyu beradi.

“Hamma narsamizni yo‘qotdik. Ishni nuldan boshlayapmiz. Toliblar davridagi hayot dahshatlarini shu paytgacha faqat kattalardan eshitib kelgan butun boshli avlod endi bularning barini o‘z tanasida his qilishga majbur bo‘lmoqda”, deydi u.

Sport. Nilufar Bayot va Zakiya Xudaydodiy

Sport musobaqalari – toliblar davrida xavf ostida qolajak sohalardan biridir. Erkaklar sportiga ko‘p qarshilik qilinmasa kerak, albatta (Tolibon ayrim sport turlariga xayrixoh, masalan, kriketga), lekin ayollarning aksari musobaqalarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymasliklari aniq – shariat qoidalariga ko‘ra, ayol kishi begona erkaklar oldida tanasini ochishi man qilingani uchun.

2000 - yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Afg‘onistonga sanksiya qo‘llashi natijasida afg‘on sportchilari Sidneyga hatto neytral bayroq bilan ham bora olmagan edi. Tolibon qulagach, afg‘onlar barcha yozgi o‘yinlarda ishtirok etdi, ikki sportchi hatto medal olishga ham muvaffaq bo‘ldi.

2020 - yilgi Olimpiadada 6 nafar afg‘on sportchi qatnashgan bo‘lsa, 24 - avgustda boshlanajak Paralimpiya o‘yinlariga mamlakat terma jamoasi Kobulda yuz berayotgan voqealarning ayni avj pallasida jo‘nab ketishi kerak edi. Tabiiyki, sportchilar jo‘nab keta olmadi.

Afg‘oniston paralimpiya terma jamoasi rahbari Arian Sodiqiy 16 - avgust kuni Twitterda shunday yozdi:

“Afsuski, atletlarimiz o‘z orzulari yo‘lida oshib o‘tib bo‘lmas to‘siqlarga duch kelishdi. O‘ylaymanki, biz hammamiz qanaqa olamda yashayotganimiz to‘g‘risida tafakkur qilishimiz lozim”.

Paralimpiya terma jamoasi a’zolari bo‘lmish ikki ayolning taqdiri¸ ayniqsa¸ jamoatchilikni xavotirga solmoqda. 17 - avgust kuni paralimpiyachi basketbolchi Nilufar Bayot toliblar uni uyiga qamab qo‘yishganini bildirib, mamlakatdan chiqib ketishida Ispaniya hukumatidan yordam so‘radi. Qiz uni umrbod nogironlar aravachasiga mixlab qo‘ygan yelka jarohatini bolaligida, uylariga raketa tushib portlashi natijasida orttirib olgan.

Afg‘onistonning basketbol bo‘yicha paralimpiya terma jamoasi Tokio o‘yinlari saralashidan o‘ta olmagan, ammo afg‘on txekvondochi yigitlari va qizlari bunga muvaffaq bo‘lgan edi. Jumladan, 23 yashar Zakiya Xudaydodiy – Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi afg‘on ayoli bo‘lishi mumkin edi.

Hozirda Kobulda bo‘lgan sportchi qiz rahbari Arian Sodiqiy orqali e’lon qilgan videomurojaatida yordam so‘rab, shunday yolvoradi:

“Meni uyga qamab qo‘yishdi, ul-bul sotib olish yoki odamlar bilan so‘zlashish uchun ham ostona hatlab ko‘chaga chiqa olmayman... Oilam Hirot shahrida yashaydi, u yer ham toliblar qo‘l ostida. Men Kobulda qarindoshlarnikida istiqomat qilaman: kambag‘al oila, o‘z bolalarini zo‘rg‘a boqishadi. Men ularga ortiqcha yukman. Barchangizdan o‘tinaman, menga yordam qiling. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqchiman, iltimos, madad qo‘lini cho‘zing menga! Iltimos qilaman, barchangiz – ayniqsa butun dunyo ayollari, ayollar tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Afg‘oniston fuqarolari bo‘lmish ayollarning Paralimpiya harakatida ishtirok etish huquqidan bu qadar oson mahrum etilishiga yo‘l qo‘ymang. Men ushbu maqsadga yetish uchun uzoq kurashdim, shuning o‘zi katta yutuq va unga yengil qarash mumkin emas. Ammo men kurashim zoye ketishini xohlamayman. Menga yordam bering!”




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Автопробег в честь Дня России прошел в Ленинском округе

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу


Азербайджан назначил столицей тюркского мира талышский город Ленкорань. Талышские организации мира бьют тревогу

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»

Прямые рейсы в Таиланд неожиданно снимают: стали известны подробности и альтернативы

Скидки по поводу и без от Mirihi Island Resort


McDonald's Grimace showed Mets fans what happens when something goes right this season

Max free trial returns just in time for House of the Dragon season 2 this week

Creepy King Charles Painting Is Vandalized by Radical Animal Rights Activists, Gets a Cartoon Face and Speech Balloon!

Kai Havertz’s fiancee Sophia stuns in see-through outfit on hen weekend as fans say Arsenal star is ‘so lucky’


Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Гроза роскошных седанов от BMW и Mercedes-Benz. История Fiat 130

В Ингушетии чиновники похищали бюджетные средства, предназначенные для поддержки семей с детьми

Летний Петербург. Старо - Калинкин мост


MMORPG Tarisland выпустили в Китае раньше времени

Real Commando Shooting 3D 6.0

Моя Говорящая Кошка 3.2

Состоялся релиз The Case of the Golden Idol на iOS и Android



«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду




В Можайском районе обустроят новые тротуары

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Криптопроекты: услуги и разработка от Компании Blockchain Projects LLC


Следовавший из Зырянки в Якутск самолет вернулся в аэропорт из-за неисправности

Актриса Ирина Горбачева объяснила, зачем сняла и опубликовала голые фото

В Подмосковье в субботу ожидаются кратковременный дождь и температура воздуха до +27ºC

Женщина в ходе ссоры зарезала возлюбленного в Новой Москве


«Ну и где здесь «группа смерти?» ATP показала, каким был бы Евро-2024 с теннисистами

Медведев, Кафельников, Федерер, Маррей, Роддик, Агасси поздравили Синнера со статусом первой ракетки мира

«Наконец-то всё началось». Борис Беккер побывал на матче открытия Евро-2024

«ITF решила пойти по пути WTA и ATP, которые давно допускают россиян» — Янчук


Следовавший из Зырянки в Якутск самолет вернулся в аэропорт из-за неисправности

ZDF: между Шольцем и Бербок возникли разногласия по поводу санкций против России

Еще трое сирот из Наро-Фоминска получили жилищные сертификаты

Женщина в ходе ссоры зарезала возлюбленного в Новой Москве


Музыкальные новости

«Всю жизнь я зарабатывал пением и… легким аферизмом». Прохор Шаляпин раскрыл источники дохода в шоу «Вкусно с Анфисой Чеховой» на ТВ-3    

Певица Нюша опубликовала фото в купальнике на пляже

Жена рэпера Джигана Самойлова заявила, что не сбавит цену за роскошный особняк

Добровинский: суд в Москве вернул исковое заявление Успенской к Киркорову



В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду


Джиган и Оксана Самойлова привели на “Премию Муз-ТВ” в Москве ту самую “диско-бабушку из Сыктывкара” – любимицу Сергея Лазарева

Росгвардия приняла участие в спортивном празднике «Динамо» в Москве

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду

Военнослужащие Красноярского соединения стали призерами Чемпионата Сибирского округа Росгвардии по стрельбе из боевого ручного стрелкового оружия


Загрутдинов: ЖК с подземной автостоянкой построят в следующем году в Конькове

Овчинский: ОЭЗ «Технополис Москва» увеличит выпуск электрогрузовиков

Прокуратура: таксист сбил 4-летнего ребенка на велосипеде на юго-востоке Москвы

Шикарный лимузин, красная дорожка и элегантный black tie: слушатели «Авторадио» поехали на премию МУЗ-ТВ


Путин по телефону обсудил с президентом Киргизии взаимодействие в рамках ЕАЭС

Путин: Москва поддерживает идею о разработке хартии многообразия в XXI веке

Путин провел телефонный разговор с президентом Киргизии Жапаровым

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: признание Нато надо применить!





Депздрав: Четверо москвичей попали в больницу с подозрением на ботулизм

«Солисты Москвы» выступили в московской больнице в преддверии Дня медицинского работника

Завершилась первая цикловая встреча региональных руководителей компании AlfaBiom

В Москве произошло массовое отравление, 10 человек в больницах с серьёзным диагнозом


США обязаны передать Киеву "эскадрильи истребителей", заявил Зеленский


«Этот спорт воспитывает силу и упорство»: Вице-спикер Народного Хурала Бурятии приняла участие в открытии чемпионата России по гиревому спорту

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов 12 июня установил мировой рекорд по чеканке мяча в «Лахта Центре»

Баскетболисты пойдут кругами // Единая лига ВТБ пересмотрела формат проведения чемпионата

Московские школьники завоевали четыре медали на престижной Международной олимпиаде


За что Лукашенко должен извиняться перед Арменией?

Армения выразила протест Минску из-за заявлений МИД Белоруссии



Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО

Собянин: Объем закупок у малого бизнеса с 2024 года составил почти 227 миллиардов

Собянин рассказал о новом вольере для снежных барсов в Московском зоопарке

Собянин рассказал, как электробусы помогают улучшать экологическую ситуацию


Синоптик Ильин предупредил, что в Москве этим летом возможно образование смерчей

Перечислены виды транспорта, которые выпускаются в «Технополисе Москва»

Овчинский: ОЭЗ «Технополис Москва» увеличит выпуск электрогрузовиков

Призыв лидера движения «Всеармянский фронт» оказать помощь пострадавшим после наводнения


ZDF: между Шольцем и Бербок возникли разногласия по поводу санкций против России

Выпускавшийся в России Nissan Qashqai получил новое «лицо» и стал похожим на новый Nissan Pathfinder

Следовавший из Зырянки в Якутск самолет вернулся в аэропорт из-за неисправности

Исследование: в 2023 году турпоток по России достиг максимума за 5 лет


АО «Транснефть - Север» оказало благотворительную помощь детскому саду в Архангельской области

Стало известны победили в шоу "Сокровища императора"

Больше 90 тысяч жителей Архангельской области являются донорами

30 лет назад в Архангельске открылась первая на Северо-Западе школа «Диабет»


Выступлением самарских артистов в Крыму открылся масштабный Фестиваль, посвященный 225-летию со дня рождения А.С. Пушкина

В Нижнегорском районе Крыма проведен рейд по бывшим мигрантам

В Крыму хотят создать профессиональную хоккейную команду

Фольклорно-литературная программа «Сказки детства, полные чудес, нас уводят в царство тридесятое»


Еще трое сирот из Наро-Фоминска получили жилищные сертификаты

Фотопрогулка по советским городам. Классная подборка!

Актриса Ирина Горбачева объяснила, зачем сняла и опубликовала голые фото

В столице открывается фестиваль «Усадьбы Москвы»












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
WTA

«ITF решила пойти по пути WTA и ATP, которые давно допускают россиян» — Янчук






НПФ обяжут выявлять конфликты интересов

Ефимов: Инвестор возведет деловой центр в Тимирязевском районе Москвы

В Москве на богослужениях по случаю Гурбан-байрамы ожидается около 200 тыс. верующих

Исследование: в 2023 году турпоток по России достиг максимума за 5 лет