Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Май
2024
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
12
13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31

Новости за 21.05.2024

21-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Davlat tashrifi bilan Toshkentga keladigan Putin, Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi, Qibraydagi 6 gektar maydonda quriladigan chiqindi poligoni, Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 73,3 mlrd so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Tibbiy sug‘urta tizimida odamlardan qo‘shimcha badallar undirilmaydi — prezident

Gazeta.uz (ru) 

Prezident Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi faoliyatiga doir yig‘ilishda dorilar xaridini tartibga solish, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tibbiy sug‘urta tizimi soliqlar hisobidan bo‘ladi va qo‘shimcha badallar undirilmaydi, dedi u.

Yil boshidan buyon oltin eksporti 3,42 mlrd dollarga oshdi

Gazeta.uz (ru) 

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.



Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi

Gazeta.uz (ru) 

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.

Toshkentda reydlar davomida ushlangan yana uch nafar shaxsga hukm o‘qildi

Gazeta.uz (ru) 

Sud o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlarda ushlangan yana uch nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Xasan va Xusan Sabirdjanovlar qariyb 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Marat Urazovga salkam 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida 462,8 mln dollarlik gaz import qildi

Gazeta.uz (ru) 

2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga gaz importi 460 mln dollardan oshdi (aprelda — 102,6 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘p. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 52,3 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 410 mln dollarga yetdi.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
ATP

Теннисисты Медведев и Рублев сохранили позиции в рейтинге ATP






Создаем город Мечты: что мэр и его команда изменила в Москве

Мария Багреева: каждый третий контракт на портале ...

Движение поездов на Курском направлении МЖД восстановили после сбоя

«Для меня это сериал про поиски смысла»: Милош Бикович – о сериале «Дайте шоу!»