Samarqand hokimi paxta dalalariga sovetcha Qizil bayroq o‘rnatmoqda
Samarqand viloyatidagi 7 ta oliy o‘quv yurti talabalari va o‘qituvchilarini 15 sentabrdan boshlab 5 kun ichida kolonna qilib paxtaga yuborish to‘g‘risida viloyat hokimi topshiriq berdi. Bundan oldin viloyatdagi barcha idora va tashkiotlar paxtaga chiqarilgan edi. Paxta shtabidagi faollar har bir terimchidan “O‘z ixtiyorim bilan paxtaga chiqdim”, degan mazmunda tilxat olmoqda. Viloyat hokimi paxtasi terilgan dala maydonlariga qizil bayroq o‘rnattirmoqda.