Jurnalistni "yuzingiz menga yoqmayapti" deb haqoratlagan viloyat hokimi ishdan olindi (VIDEO)
Qirg‘izistonda Chuy viloyatining rahbari Tuygunali Abdraimov jurnalistga qo‘pol muomalada bo‘lgani oqibatida lavozimidan bo‘shatildi. Bu boradagi buyruqni 10 iyun kuni Bosh vazir Muhammedkaliy Abilgaziev imzoladi. Tuygunali Abdraimov 5 iyun kuni So‘quluq tumanidagi O‘ro‘q qishlog‘ida sodir etilgan ommaviy mushtlashuv ortidan voqea joyiga borgan ayol jurnalistlardan biriga qo‘pol muomalada bo‘lib: “Sizning yuzingiz menga yoqmayapti”, deb aytgan edi. Viloyat rahbari jurnalistning: «Siz viloyatga... Читать дальше...