NASA Marsga yuborgan mitti vertolyot qizil sayyorada ilk parvoziga hozirlik ko‘rmoqda
AQSh aerokosmik agentligining (NASA) mitti vertolyoti Marsda ko‘zini ochdi. Ingenuity ( «Topqirlik») nomi berilgan 1,8 kilogramm vaznga ega vertolyot 3 - aprel, shanba kuni o‘zining birinchi rangli tasvirini suratga oldi. Vertolyotni o‘sha kuni Perseverance roveri Mars tuprog‘iga tushirgan edi. NASA Ingenuity olgan suratni 5 - aprel kuni e’lon qildi. Yengil avtomobilga teng keladigan Perseverance roveri Mars sathiga 18 - fevral kuni qo‘ngan edi. Rover o‘zi bilan olib borgan vertolyotni shanba kuni yerga qo‘yib, undan uzoqlashgan. Читать дальше...