Ingenuity vertolyoti Marsda ilk parvozini amalga oshirdi (VIDEO)
Perseverance roveri yordamida Marsga yetkazilgan Ingenuity vertolyoti boshqa sayyorada boshqariladigan parvozni amalga oshirgan birinchi dvigatelli uchish apparati sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Dronning uchirilish jarayoni Amerika aerokosmik agentligi (NASA)ning Youtube’dagi rasmiy kanalida translyatsiya qilindi. Parvoz videotasviri keyinroq e’lon qilinadi. Hozircha NASA vertolyot quyi qismida joylashgan kamerasi yordamida olgan fotosuratni e’lon qildi. Suratda Mars yuzasi uzra ko‘tarilayotgan Ingenuity soyasi ko‘rinib turibdi. Читать дальше...