Associated Press: AQSh qariyb 20 yil deganda Bagram aerodromini Afg‘onistonga topshirdi
Qariyb 20 yil deganda AQSh harbiylari Bagram aerodromini tark etdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda. Bagram aerodromi AQSh Tolibonni ag‘darish hamda 2001 - yilning 11 - sentabrida Amerikaga qarshi terror hujumlarini amalga oshirgan “al-Qoida” jangarilarini qo‘lga olish uchun olib borgan harbiy amaliyotlar epitsentri bo‘lib kelayotgan edi. Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan so‘zlagan ikki AQSh rasmiysi aerodrom to‘laligicha Afg‘oniston Milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlariga topshirilganini aytgan. Читать дальше...