Toshkentdagi chempionatda Eronning 1979- yilgacha bo‘lgan madhiyasi qo‘yilganiga eronliklar norozilik bildirmoqda
Toshkentda o‘tayotgan Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davomida, 15 -dekabr kuni Eron Islom respublikasining emas, 1979 - yilgacha bo‘lgan Eron davlati madhiyasi yangradi. Chempionatning Eron Davlat televideniyesi orqali jonli namoyishi 42 yil avval taxtdan ag‘darilgan shoh Pahlaviy davridagi madhiya yangray boshlashi bilanoq uzib qo‘yildi. Shoh davri madhiyasining Toshkentdagi chempionatda yangrashi eronliklar noroziligiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, xatolikka Eron delegatsiyasining o‘zi yo‘l qo‘ygan. Читать дальше...