Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Апрель
2021

Pandemiya o‘rtasida inqiroz. SanEpidXizmat ruxsatnomalarni qalbakilashtirgani aniqlandi

0
Pandemiya o‘rtasida inqiroz.  SanEpidXizmat ruxsatnomalarni qalbakilashtirgani aniqlandi

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEOJSX) 2019-2020 - yillarda mamlakatga biologik aktiv moddalarni olib kiruvchi shirkatlarga qalbaki ruxsatnomalar bergani aniqlandi.

Ozodlikka sizdirilgan hujjatlardan, bir xil raqamdagi litsenziya kamida 3 ta shirkatga berilgani ko‘rinadi, ularda xizmat rahbari Bahodir Yusupaliyevning ismi va imzosi ko‘rsatilgan.

Ozodlikning Adliya vazirligidagi manbasi SEOJSX faoliyatiga oid davlat nazorat inspeksiyasi tekshiruvidan keyin xizmatga taqdimnoma kiritilgani, ammo aniqlangan qalbaki ruxsatnomalar yuzasidan hanuz surishtiruv yoki tergov boshlanmaganini tasdiqladi.

Ozodlik ushbu surishtiruv doirasida tug‘ilgan savollar bilan uch kun davomida xizmat boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning ikki o‘rinbosari va matbuot kotibiga bog‘landi, ba’zi savollarga qisman javob oldi. Ammo eng muhim savollarga hanuz javob kutmoqda.

Bundan tashqari, Ozodlik 29 - martdan 3 - aprelga qadar SEOJSX rasmiy saytida markaziy apparatdagi mavjud jami 9 ta lavozimning hammasi vakant ko‘rsatilganiga guvoh bo‘ldi. Xizmat rahbari o‘rinbosari Qobiljon Hayitov buni saytni yangilash paytidagi “texnik holat” deb izohladi.

Ammo, ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan epidemiologlar iddaosicha, SEOJSXning markaziy apparatida krizis hukm surmoqda, yaxshi kadrlar ishdan ketgan, aksar bo‘limlarda nomutaxassis kadrlar ishlamoqda.

 

Ozodlikka sizdirilgan Hujjat

Ozodlikka sizdirilgan hujjatda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 2019-2020 - yillarda mamlakatda biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga "ruxsatnomalar berish faoliyati tekshirilgani" qayd etilgan.

Hujjat ushbu tekshiruv asosida hozirlangan "ma’lumotnoma"dir. Unda “Adliya vazirligi xuzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (DXA) direktorining 2021 - yil 9 - martdagi 24-um-son buyrug‘i” tekshiruvga asos bo‘lgani aytilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, tekshiruv Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi nazorat boshqarmasi tomonidan 11 - martdan 23 - martgacha o‘tkazilgan. Unda nazorat boshqarmasi vakillari bilan birga SEOJSX boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ham ishtirok etgan.

Tekshiruv paytida, Vazirlar Mahkamasining 2016 - yilgi qarori bilan tasdiqlangan mahsulotlar:

 

Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi,

 

Yangi oziq ovqat qo‘shimchalarini olib kirish va ishlab chikarishga ruxsatnoma berish tartibi,

 

Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik masalalar, parfumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish va ishlab chikarishga ruxsatnomalar berish tartibi o‘rganilgan.

Protokol xulosasida bunday ruxsatnomalarni berish asnosida qonun buzilish hollari aniqlangani, xususan, ayni raqamdagi ruxsatnoma bir necha shirkatga berilgani qayd etilgan:

“Masalan, 2019 - yil 22 - avgustda BAD faoliyati uchun 000535 rakami bilan “Novafarma global grup” MChJga berilgan ruxsatnoma, 2019 - yil 19 - sentabrda aynan shu faoliyat uchun xuddi shunday tartib rakam bilan “Aziz farm lyuks” MChJga berilgan. Bu xolat 2021 - yilda kupol ravishda takrorlanib, bir sanada, ya’ni 5 - fevralda 000861 rakamli ruxsatnoma “Omarkeyr” MChJ, “Biomed farm” MChJ va “Neo labs” MChJga berib yuborilgan. Bunday xolatlarga 14 ta holatlar misolini keltirish mumkin”.

Hujjatda qayd etilishicha, xizmatning so‘nggi ikki yillik faoliyati davomida bu qonunbuzarlik sistemali ravishda sodir etilgan, xizmat rahbari bunday qalbaki hujjatlarga kamida 14 ta holatda imzo chekkan.

Ozodlik manbalari protokolda tilga olingan 000861 raqamli ruxsatnoma nusxasini ham tahririyatga yo‘lladi. Ushbu ruxsatnoma 3 ta shirkatga berilgan, ularning har biri ostida SEOJSX boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev nomi va imzosi ko‘rsatilgan.

DXA tekshiruviga sabab

Hujjatni Ozodlikka taqdim qilgan manbaga ko‘ra, DXA direktorining bunday tekshiruv o‘tkazish qaroriga aynan ana shu qalbaki litsenziyalar sabab bo‘lgan.

Bu manba, tekshiruv o‘tkazilganiga oid ma’lumot Adliya vazirligi, DXA va SEOJSX tarkibidagi rahbarlar va oz sonli mas’ul shaxslarda bo‘lgani bois uning shaxsi va ishlab turgan tashkilotini ochiqlamaslikni so‘radi:

“Bojxona va Gosstandartda sertifikat bo‘yicha muammo chiqqan. Chunki ayni raqamdagi sertifikat 3 ta har xil shirkatga berilgani o‘rtaga chiqib qolgan. Tekshiruv shundan boshlanib ketdi. Adliya vazirligi tomonidan SEOJSX faoliyati o‘rganildi. Asosan ruxsatnomalar berish jarayoni. Ko‘p hollarda qalbakilashirish aniqlandi. Shuningdek, 3 oylab ko‘rib chiqmaslik, otkaz berish asossiz va x.k. aniqlangan”.

Bu manba iddaosicha, 3 dona qalbaki litsenziya ortidan boshlanib ketgan bu tekshiruv aslida SEOJSX markaziy apparatida bo‘layotgan katta qonunbuzarliklar va korrupsion sxemani aniqlagan:

“Unaqa qalbaki litsenziyalar aslida 14 ta emas, 50 ta. Hammasi shu tekshiruvda o‘rtaga chiqqan. Aniq, bu qalbaki litsenziyalar orqasida katta miqdorda pora oldi-berdisi turibdi, buni hamma biladi. Xizmatda ishlayotgan xodimlarning hammasi biladi buni, bizga ham o‘zaro suhbatlarda kelib aytishardi, keyingi yillarda noprofessionallar kelib, hamma yoqda muammo tiqilib ketdi, deb”.

Bu manbaning iddaosicha, SEOJSX markaziy apparatidagi xodimlarning ko‘pi bunday sxemalardan xabardor, ammo bu haqda matbuotga ma’lumot berishga cho‘chiydi.

Ozodlik surishtiruviga Davlat xizmatlari agentligi munosabati

Ozodlik mazkur tekshiruv o‘tkazilishiga sabab va uning ortidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot olish uchun 31 - mart kuni Adliya vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Matbuot xizmati Ozodlik so‘rovini vazirlikning Davlat xizmatlari agentligiga yo‘naltirdi. Agentlik Ozodlik savollariga rasman javob bermadi.

Ammo Ozodlik murojaatidan bir kun o‘tib, 1 - aprel kuni agentlik saytida ushbu surishtiruvga doir kichik bayonot e’lon qilindi.

Bayonotda aytilishicha, SEOJSXda davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati "o‘rganilgan", unda 603 holatda qonun buzilgani aniqlangan:

“Mazkur holatlar yuzasidan Sanepidxizmat mas’ul xodimi S. M. MJtKning 215-5 moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga takroran yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash so‘ralgan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, ijrosi nazoratga olindi”.

Agentlik bu holatga O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasi bilan chora qo‘llagan.

Bu moddada Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida qonunni buzish, jumladan, murojaatlarni ko‘ri tartibini buzish, ortiqcha hujjat talab qilish, davlat organi qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlik” aybi ko‘zda tutilgan.

Ammo bu bayonotda, xizmat rahbarining nomi va imzosi ko‘rsatilgan qalbaki litsenziyalarga oid aniqlangan 14 ta holat haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Xususan, surishtiruv asnosida aniqlangan o‘ta qo‘pol qonun buzilishi, jumladan hujjatlarni sistemali ravishda soxtalashtirish alohida surishtiriladimi va bu holatga huquqni muhofaza qilish organlari jalb etiladimi yoki jalb qilindimi - bu haqda hech qanday ma’lumot berilmagan.

Ozodlik murojaatlariga SEOJSX munosabati

Ozodlik surishtiruvida jarayonda SEOJSX rahbariyatiga takror va takror murojaat qildi.

Xizmat boshlig‘i o‘rinbosari Holmamat Norboyev, muxbir bilan 31 - mart kungi qisqa suhbatda, tashkilot Ozodlik bilan muloqotga ochiqligi va barcha savollarga javob berishga tayyorligini bildirdi, mavjud savollar bilan matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga murojaat qilishni so‘radi.

Ozodlik muxbiri 31 - mart kuni Muhammadjon Bozorovga telefon orqali bog‘landi. Matbuot kotibi savollarni Telegram orqali yo‘llashni so‘radi, muxbir savollarni yo‘lladi. Ammo bu savollarga hanuz javob berilmadi.

SEOJSXning Davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshqarma boshlig‘i Sobir Muhammedovdan bu borada biror izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Matbuot xizmati va boshqa mas’ul shaxslardan javob olish uchun, Ozodlik muxbiri 1 va 2 - aprel kunlari SEOJSX rahbarlariga yana bog‘lanishga urindi.

Va nihoyat, 2 - aprel kuni telefon go‘shagini ko‘targan xizmat boshlig‘i o‘rinbosari Qobiljon Yo‘ldoshev muxbir savollarini eshitdi.

Bu o‘rinbosar, xizmatning faoliyati tekshirilgani ortidan “mas’ul xodimi S. M.”ga chora ko‘rilganidan bexabarligini aytdi.

Yo‘ldoshev bu mas’ul xodimning o‘zi Ozodlikka qayta bog‘lanib, vaziyatga izoh berishini va’da qildi. Ozodlik bu mas’uldan va’da qilingan javobni hanuz kutmoqda.

Hujjat soxtakorligi uchun qonunchilikda belgilangan jazo

O‘zbekiston DXA ishchi guruhi SEOJSX faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklarga chora ko‘rish asnosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tayangan va aniqlangan qonunbuzarlikning bir qismi - davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzish holatiga chora ko‘rgan.

Kodeksning 215-5-moddasida “Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish” qonunbuzarligi ko‘zda tutilgan:

“Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ammo, DXA tekshiruvida aniqlanishicha, davlat xizmatini ko‘rsatish asnosida hujjatlar 2 yil davomida sistemali ravishda qalbakilashtirilgan va qalbaki hujjatlarda tashkilot rahbari nomi va imzosi ko‘rsatilgan.

Bunday qonunbuzarlik uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir necha moddasida jazo belgilangan.

Jumladan, 209-moddada “Mansab soxtakorligi” jinoyati ko‘zda tutilgan, jumladan “hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish” uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Bu jinoyatni takroran yoki guruhga birlashib sodir etganlik uchun 5 yilgacha qamoq belgilangan.

228-moddada “Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish” jinoyati ko‘zda tutilgan, bu jinoyat takroran sodir etilgan taqdirda 5 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

SEOJSXdagi kadrlar inqirozi

SEOJSXda muqaddam ishlagan epidemiolog, qonunbuzarliklar muttasil jazosiz qolayotgani sabab, ushbu tuzilma markaziy apparatida hozir “korrupsiya kuchaygan va malakali kadrlar krizisi kuzatilmoqda”, deya fikr bildirdi:

“Ko‘p yillik taniqli epidemiolog kadrlar MSOga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi - tahr.) o‘tib ketgan, istalgan odam so‘rab ko‘rishi mumkin. Pandemiya paytida, yaxshi kadrlarni yig‘ish o‘rniga, qochirdi bu tashkilot".

Ozodlik bilan suhbatda, 20 yildan ortiq ushbu sohada ishlaganini aytgan va shaxsi sir saqlanishini so‘ragan epidemiolog iddaosicha, pandemiya paytida O‘zbekiston uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu tashkilot markaziy apparatidagi yaxshi kadrlar ishdan bo‘shatilgan yoki o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shashga “majbur bo‘lgan”:

"Kadrlar masalasi juda yomonlashdi. Ko‘ring, ayrim rahbar xodimlari ma’lumoti hamshira, o‘rta tibbiy xodim, soliqchi, iqtisodchi yoki shunga o‘xshagan kadrlar. 15 - 20 yildan ortiq ishlagan epidemiolog qolmagan hisob. Aksar rahbarlar o‘rniga I.O.lar (rahbar vazifasini bajaruvchi mas’ullar - tahr.) ishlayapti. Tashkilotni kadrlar bo‘limidagi hujjatlar bitta ko‘tarilsa, tamom - xizmat chuqur krizisda ekani shunday ko‘rinadi”.

Epidemiolog, xizmatning markaziy apparatidagi bu holat, uning Toshkent shahri va viloyatdagi bo‘limlariga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatib bo‘lgan, deb ta’kidladi:

“Pandemiya paytida bu tashkilot aslida epidemiologlarni qidirib topib, ishga qaytarishi kerak edi. Joylardagi stansiyalarga malakasiz, nomutaxassis kadrlarni ishga olish, malakali kadrlarni ish haqi talab qilgani uchun ishdan bo‘shatish - xullas, bularni sanab o‘tirishimga hojat yo‘q.

Korrupsiyaniku aytib o‘tirmayman, Bosh prokuraturaning o‘zi necha marta saytida ma’lumot berdi. Hozir ham bo‘lsa, bu tashkilot zudlik bilan qayta reforma qilinishi kerak. Xizmat rahbaridan tortib, boshqarma rahbarlarigacha jiddiy tekshirilishi kerak. Chunki bu pandemiya hali-beri bitmaydi bu ketishda. Yana bu rahbarlar xatosi, ishning noto‘g‘ri tashkil qilinishi, sohaning nomutaxassislarga berib qo‘yilgani jabrini oddiy aholi ko‘rmasligi kerak!”

Darvoqe, Ozodlik muxbiri 29 - martdan 3 - aprelga qadar SEOJSX rasmiy saytida “Agentlikning markaziy apparati” sahifasida 9 ta rahbar o‘rni “vakant” ko‘rsatilganiga guvoh bo‘ldi.

Xizmat boshlig‘i o‘rinbosari Qobiljon Yo‘ldoshev, bu holatni “saytda ma’lumotlar yangilanayotgan paytdagi texnik holat” degan taxminda ekanini aytdi va bunga aniqlik kiritishni va’da qildi. Ammo, hanuz bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilgani yo‘q.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

До плюс 50 градусов: Каким городам России грозит аномальная жара летом 2024 года. Опубликован список

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе


Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Дело об избиении в Московской области азербайджанцем молотком участника СВО расследуют повторно

«585*ЗОЛОТОЙ» выступила партнером медиафестиваля творческой молодежи YOUPITER

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву


When Narine asked Gambhir 'can I bring my girlfriend to IPL?'

Where to find Real Madrid vs Dortmund on US TV: June 1, 2024

Brentford B and Tiverton Town Friendlies Announced

Rangers backed into a corner, must beat Panthers on road to force Game 7


Водитель "Лифана" погибла после аварии с фурой

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Для строительства участка Приморского кольца в Калининградской области ищут подрядчика

Лучший HR-бренд – «Грузовичкоф»


Четвёртое дополнение Age of Wonders 4: Eldritch Realms завершит первый цикл поддержки игры

Лучшие Эхо в Wuthering Waves — соберите самую мощную сборку

Началась предрегистрация на Command & Conquer: Legions — релиз в конце 2024 года

"Расхитительница гробниц: Легенда о Ларе Крофт" получила дату выхода и тизер



Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота

Более 30 компаний из Нижегородской области пришли на первую встречу регионального сообщества инклюзивного бизнеса «Открыто для всех»

Тысячи активистов разгромили офис Socar в Стамбуле, обвинив «Азербайджан» в поддержке геноцидальной политики Израиля в Палестине




Специалист рассказали пензенцам, как избавиться от жажды в жаркую погоду

Эксперты рассказали москвичам, как правильно организовать летний отдых с ребенком

Всё, что нужно знать каждому о клещах – в 11 конкретных вопросах и ответах

«Коммерсант»: РПЦ и Роспатент запретят использовать религиозную символику


Еленин день: что можно и нельзя делать 3 июня 2024 года

Валиева и актер Кемстач стали ведущими фестиваля «Петровские ассамблеи» в Санкт-Петербурге

Россиян предупредили об очередном виде мошенничества в канун отпусков

Преимущества жизни в Благовещенске показали по федеральному каналу


Азаренко не смогла выйти в 1/16 финала открытого чемпионата Франции по теннису

Димитров пробился в четвертьфинал Открытого чемпионата Франции

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции: «Я здесь дома»

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"


Валиева и актер Кемстач стали ведущими фестиваля «Петровские ассамблеи» в Санкт-Петербурге

В Ярославле началось благоустройство территории у Вечного огня

МЧС: в Новосибирске пожар на складе локализовали на площади 2450 "квадратов"

ВТБ запустил ипотеку на земельные участки


Музыкальные новости

Скандальный Паша Техник и Linkin Park с оркестром. Топ дешевых и самых дорогих мероприятий, которые пройдут в июле в Нижнем

Леонид Агутин посвятил ушедшей Анастасии Заворотнюк песню и клип

Певица Пелагея разделила имущество с бывшим мужем

Полина Гагарина заявила о победе над Ольгой Кормухиной по обвинению в плагиате песни



Более 30 компаний из Нижегородской области пришли на первую встречу регионального сообщества инклюзивного бизнеса «Открыто для всех»

Периоды похолодания в июне спрогнозировали россиянам

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота


Дело об избиении в Московской области азербайджанцем молотком участника СВО расследуют повторно

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» спасает население от борьбы с перенаселением, 3 серия, СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» спасает население от борьбы с перенаселением, 5 серия, СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

ФК «Зенит» представил стартовый состав на суперфинал Кубка России в Москве


Как узнать совместимость запчастей на авто?

Отзывы об EXEED VX: что говорят владельцы в 2024 году

Как подобрать запчасти на китайские авто?

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024


Путин 7 июня выступит на ПМЭФ и будет говорить не только об экономике

«Так вкусно»: Путин поблагодарил главу Минсельхоза Узбекистана за фрукты

Путин назвал День спасения одной из главных дат в истории еврейского народа

Ташкент становится для Москвы точкой опоры – Астана проигрывает, уходя под Запад





В Архангельске медики России обменялись методиками оказания офтальмологической помощи

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха

Головная боль и галлюцинации: как защитить организм во время сильной жары

Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году



Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024

ФК «Зенит» представил стартовый состав на суперфинал Кубка России в Москве

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России




Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха

Сергей Собянин рассказал о новых трамвайных линиях в Москве

Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году

Собянин: На северо-западе Москвы открылся волонтерский центр «Доброе место»


Орнитологи напомнили москвичам, как вести себя при встрече с птенцами

В Рослесхозе заявили, что площадь пожаров в РФ превысила 650 тыс. га

Поезд проехал через горящий лес в Бурятии


В Екатеринбурге опровергли отмену путинских Игр дружбы

Фильм «Манюня: приключения в Москве» возглавил прокат в России и СНГ

Еленин день: что можно и нельзя делать 3 июня 2024 года

Команда Якутии выиграла всероссийские соревнования «Чудо-шашки»


Архангельская область подключается к марафону "Сила России"

В филиале фонда «Защитники Отечества» в Архангельской области подвели итоги первого года работы

В Архангельске подвели итоги III Всероссийского форума «Арктика. Лёд тронулся»

В Архангельске медики России обменялись методиками оказания офтальмологической помощи


Первый автобус «Санкт-Петербург — Симферополь» вышел на маршрут

Арт-знакомство «Искусство должно давать счастье и радость»

ВТБ начал выдавать ипотеку на жилье в Крыму

Выставка-представление «Не просто город, а судьба, которой я не устаю гордиться!»


Команда Якутии выиграла всероссийские соревнования «Чудо-шашки»

Юный пациент «Кораблика» из Подольска побыл спасателем в День защиты детей

Россиян предупредили об очередном виде мошенничества в канун отпусков

Сотрудниками Росгвардии на инструктаж был приглашен иеромонах Феодосий (Владимир Поддубоцкий)












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Андре Агасси

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора






Преимущества жизни в Благовещенске показали по федеральному каналу

МЧС: в Новосибирске пожар на складе локализовали на площади 2450 "квадратов"

Еленин день: что можно и нельзя делать 3 июня 2024 года

Команда Якутии выиграла всероссийские соревнования «Чудо-шашки»