Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Январь
2022

OzodTarmoq: Buning nomi feodalizm yoxud "yangi" deya tamg‘alangan O‘zbekiston

0
OzodTarmoq: Buning nomi feodalizm yoxud

Yangi davrga kelib O‘zbekiston so‘zda va shiorlarda e’lon qilgan qadriyatlarini eng ko‘p obro‘sizlantirayotgan toifa qaysi deyilsa, hech ikkilanmay hokimlarni ko‘rsatish mumkin.

Chunki hokimlarning vakolatlari, O‘zbekistondagi bitta shaxsni inobatga olmasa, hech bir omil yoki kuch bilan cheklanmagan. Bu holat sizga nimanidir eslatmayaptimi? Agar tarix darslarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, ha, topdingiz, bu o‘rta asrlar feodalizmining yaqqol ko‘rinishi.

Ma’lum viloyat, shahar yo kentni egallagan Feodallar hech bir qonun qoidaga bo‘ysunmagan. Istasa osgan, istasa zo‘rlagan, istasa tortib olgan, istasa hududi chegaralarini yopib olgan. Lekin masalan, qo‘shni, boshqa feodal bilan nizo chiqsagina bu ishga ularning suvereni - Qirol aralashgan.

Bu uzun gaplarni nima uchun yozayapman?

Kattaqo‘rg‘on hokimi, ayni paytda senator Gavhar Alimova Qashqadaryo hokimi Murod Azimovdan yozg‘irayapti. Murod Azimov topshirig‘iga ko‘ra, Qashqadaryo hududidan chigit olib chiqib ketish taqiqlangan. Gavhar Alimova Qashqadaryodan Samarqandga chigit olib ketayotgan yuk mashinalari o‘tkazilmayotganidan shikoyat qilmoqda.

Bir qarashda kulguli, ham achinarli. Qanday qilib bir mamlakat hududida tovar va xizmatlar erkin harakatlana olmasligi mumkin? Chigit hokimning mulki emas, fermerniki yoki klasterniki, nega u boshqa shaxsga sotgan chigitini hududidan chiqara olmaydi?

Lekin shu bugungi O‘zbekiston. Mana shu hokimlar, ya’ni fe’lan o‘rta asr feodallari qurgan yangi deya tamg‘alangan O‘zbekiston.

Bu boshboshdoqlikni yaqindagina Bojxona qo‘mitasiga rais bo‘lgan, vazifasi yuzasidan butun O‘zbekiston hududi bo‘yicha erkin tovarlarni to‘siqsiz harakatlanishiga mas’ul bo‘lgan shaxs amalga oshirayapti. Amaldagi vakolatlar tiyilmagan buzuq tizim, bojxona kattasi tugul, avliyoni ham buzib tashlashiga yana bir misol.

Chigitni viloyat hududidan chiqarmaslik bo‘yicha hokimlarning topshiriqlari birinchi marta emas. Pishiqchilik paytida meva-sabzavot mahsulotlarini bir hududdan ikkinchisiga chiqarilmasligi bo‘yicha topshiriqlar ham birinchi marta emas. Doimiy holat.

Lekin shu paytgacha bironta hokim jazolanmagan. Bu safar ham, juda katta ehtimol, jazolanmaydi.

Axir buning nomi feodalizm.

Otabek Bakirov, iqtisodchi, bloger

(Bakiroo Telegram-kanalidan olindi)

OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Андрей Рублёв

Рублёв стал победителем «Мастерса» в Мадриде






Анна Данилова дала старт Всероссийской акции "Синий платочек Победы" 2024 на станции метро Курская

«Июнь подложит нам всем свинью». Синоптики составили новый прогноз на начало лета

В Кемерове защитники воспитателя, обвиненного в истязании детей, обратились к Александру Бастрыкину

На Пхукете снимают российский фильм ON с Юлией Пересильд