Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Январь
2022

OzodMikrofon: Sham 15 ming so‘mga chiqdi. Barcha og‘irlik yana oddiy xalqning yelkasiga tushyapti

0
OzodMikrofon: Sham 15 ming so‘mga chiqdi.  Barcha og‘irlik yana oddiy xalqning yelkasiga tushyapti

O‘zbekiston energotizimida  25 - yanvar kuni yuz bergan  yirik avariyaning iqtisodiy zararlari borasida hanuz biron raqam e’lon qilingani yo‘q, ammo oddiy o‘zbekistonliklar hozirning o‘zida blekautning iqtisodiy oqibatlari bilan yuzma-yuz qolishgan.

Qashqadaryo viloyat, Nishon tumanidan “OzodMikrofon”ga qo‘ng‘iroq qilgan davlat korxonasi xodimining aytishicha, avariya sodir bo‘lganidan qariyb ikki sutka o‘tayotgan bo‘lsa ham viloyatning yarmidan ko‘pida hanuz chiroq yonmagan.

Xodimning aytishicha, chiroqning o‘chib qolgani oxir-oqibat faqat maoshga ishlaydigan oddiy ishchi-xodimlarning cho‘ntagiga zarar qilmoqda:

“Kecha svet o‘chdi. Ilgari svet o‘chsa, ha 3-4soatda yonib qolar, deb ko‘nglimiz to‘q bo‘lardi. Bu safar unday bo‘lmadi, svet o‘chishining ortidan “metan” gaz zapravkalari ishlamay qoldi, odamlar o‘zlarini benzin zapravkalariga ura boshladi. Bugun esa benzin sotadigan AYoQShlarda uzunligi bir kilometrga yetadigan, uch-to‘rt qatorli navbatlar paydo bo‘ldi. Endi buning ta’sirini qarang. Men har kuni Nishondan Qarshidagi ishxonamga borish uchun 5 ming so‘m berardim. Bugun ertalab yo‘lkira ikki baravar oshdi, 10 ming so‘m bo‘ldi. Kecha shaharda bir dona sham 15 ming so‘mgacha chiqdi. Bunaqasi bo‘lmagan edi. Barcha og‘irlik yana oddiy xalqning yelkasiga tushyapti”.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Карен Хачанов

Теннисист Хачанов вышел в третий круг "Мастерса" в Риме






В Наро-Фоминске ликвидировали крупный пожар в ангаре

«С понедельника станет бесплатным для всех пенсионеров». Новая льгота вводится с 13 мая

Несколько автомобилей столкнулись на 69-м километре МКАД

Клуб «Ночные волки» открыли мотосезон в столице