Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Февраль
2024

Новости за 19.02.2024

O‘zbekistonda turkman shoiri Maxtumqulining 300 yillik yubileyi keng nishonlanadi

Gazeta.uz (ru) 

Bu yil O‘zbekistonda turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi nishonlanadi. “Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir”, — deyiladi prezident qarorida.

19-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Shamol sabab yopilgan metan “zapravka"lar, elektr ta’minotidagi cheklovlar, 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan O‘FA buxgalteri, suddan o‘zini oqlashni so‘ragan Farmagentlik sobiq rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Andijonda Xitoy va Ipak yo‘lidagi boshqa mamlakatlar investorlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun “Ipak yo‘li” iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

Gazeta.uz (ru) 

Andijon viloyatida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida 218 gektar maydonda “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilmoqda. Avvalroq Andijon viloyati va Xitoy investorlari o‘rtasida 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan edi.

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gazeta.uz (ru) 

Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.

Yevropa Ittifoqi TikTok ustidan tergov boshladi

Gazeta.uz (ru) 

Yevropa Komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha TikTok`ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Regulyator, xususan, platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshiradi.



Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga urildi

Gazeta.uz (ru) 

Sergeli tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga borib urildi. Voqeaga haydovchining qon bosimi oshib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Elektrobus texnik shikastlandi, haydovchi shifoxonaga olib ketildi, jarohat olganlar bo‘lmadi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.

Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi

Gazeta.uz (ru) 

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Aleksey Navalniyning rafiqasi erining ishini davom ettirishini e’lon qildi

Gazeta.uz (ru) 

Bir necha kun oldin vafot etgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya jamoatchilikka murojaat qilib, erining ishini davom ettirishini bildirdi. U, shuningdek, tez orada erining o‘limiga kimlar aloqador ekanini aniqlab, ularning ismlarini ochiqlashga va’da berdi.

Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi

Gazeta.uz (ru) 

Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda elektr ta’minotiga cheklovlar joriy etilmoqda

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Turkmanistondan import qilingan elektr hajmi talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmagani uchun yakshanba kuni tig‘iz vaqtlarda 400 MVtgacha cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ma’lumotga ko‘ra, bunga elektr uzatish liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Новости России
Москва

Воскресшего Иисуса могут дополнительно установить в церквях, вместо черепа.


Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Определилась первая соперница Рыбакиной на Ролан Гаррос






Путин и король Бахрейна продолжили переговоры в формате официального завтрака

Дело о взятке в 2718 BTC поступило в подмосковный суд

В Москве стартует фестиваль «Москва — на волне. Рыбная неделя»

Дело о крупнейшей взятке в истории РФ отправили на рассмотрение суда