Toshkent va Samarqand shaharlarida pora olishda gumonlangan advokatlar ushlandi
Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.