Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Апрель
2024

Новости за 24.04.2024

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Gazeta.uz (ru) 

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Gazeta.uz (ru) 

Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Gazeta.uz (ru) 

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Orolbo‘yidan 70 mln yillik dinozavr suyagi topildi

Gazeta.uz (ru) 

Slovakiyalik olimlar Orolbo‘yi hududida 70 mln yillik noyob topilmalarni, jumladan, suvda yashaydigan kichik dinozavr turining suyagini aniqladi. Ammo O‘zbekistonda tahlil qilish imkoni bo‘lmagani sababli suyaklar Slovakiyaga olib ketildi.

Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Gazeta.uz (ru) 

Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.



Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi — foto, video

Gazeta.uz (ru) 

24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” doirasida rahbarlar va xodimlar piyoda yoki jamoat transportida ishga bordi. Ular orasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova bor. “Gazeta.uz” jarayon aks etgan video va suratlarni bir sahifaga jamladi.

O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi

Gazeta.uz (ru) 

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.

Paynet`ning ta’sischisi o‘zgardi. To‘lov xizmatining yangi egasi kim?

Gazeta.uz (ru) 

Paynet to‘lov xizmatini boshqaruvchi Uzpaynet kompaniyasi ta’sischisi o‘zgardi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi 100 foiz davlat ulushi New Industrial Technologies`ga o‘tkazildi. Davaktiv xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha yana rasmiy xabar bermadi.

“O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi

Gazeta.uz (ru) 

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk marta arab tiliga o‘girilib, Misrda “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida taqdim etildi. Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
WTA

Потапова проиграла Остапенко во втором круге турнира WTA 1000






Названы пять самых сложных женщин по знаку зодиака

В конкурсе «Мисс Суздаль» в честь 1000-летия города победила девушка из Коврова

Четыре строителя получили травмы при обрушении опалубки на стройке в Петербурге

«Утопить в нечистотах!» Маньяк «Златоустовский паук» появился спустя 16 лет