Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Март
2024

Новости за 01.03.2024

1-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Kredit berishda o‘zgarayotgan talablar, “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi, “O‘zbekneftgaz"ning egasi o‘zgargan 78 ta “zapravka"si, Buxoroda boshlangan “snos"dan fotoreportaj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Gazeta.uz (ru) 

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi

Gazeta.uz (ru) 

1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.



Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Gazeta.uz (ru) 

Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.

Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar beriladi

Gazeta.uz (ru) 

Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi

Gazeta.uz (ru) 

Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.

Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

Gazeta.uz (ru) 

Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi

Gazeta.uz (ru) 

Dam olish kunlari aksariyat viloyatlarda bulutli ob-havo bo‘ladi, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Карен Хачанов

Теннисист Хачанов отреагировал на возможное отстранение от Олимпиады






В Ленобласти мать наехала на 4-летнюю дочь во время парковки на даче

26 мая в Москве ожидаются кратковременный дождь и гроза

На каком этапе сейчас находится благоустройство парка у «китайской стены» в Оренбурге?

Кантаты и мотеты Баха прозвучат под управлением Екатерины Антоненко