Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Март
2024

Новости за 14.03.2024

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC

Gazeta.uz (ru) 

Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.

14-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

O‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, mart oyida yog‘gan qor, muftiy bilan suhbatlashgan prezident, bokschi Isroil Madrimovga sovg‘a qilingan Tahoe va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Foto: Prezident Sayxunoboddagi namunaviy tomorqa xo‘jaligida bo‘ldi

Gazeta.uz (ru) 

Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.



Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

Gazeta.uz (ru) 

O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi

Gazeta.uz (ru) 

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi

Gazeta.uz (ru) 

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.

Toshkent aeroporti Varshavadan ilk reysni qabul qildi (+foto)

Gazeta.uz (ru) 

LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.

Новости России
Москва

«Адвокат Валиевой: ей подсыпали допинг и сделал дедушка». Серьёзное расследование.


Toshkentda bahorgi qor bo‘roni — suratlarda

Gazeta.uz (ru) 

Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Gazeta.uz (ru) 

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor

Gazeta.uz (ru) 

Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
WTA

Россиянка Рахимова вышла в полуфинал турнира WTA в Рабате






Мотофестиваль-2024 в Москве

«Коммерсант»: Первый иностранный дипломат пересел на российский Aurus

МЧС предупредило жителей Москвы о высокой пожароопасности с 27 по 29 мая

"Не пора ли всем приезжим дать пинка?!"