Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
Gazeta.uz (ru)
Март
2024

Новости за 11.03.2024

11-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

San’atkorlarga chora ko‘rish haqida gapirgan Ozodbek Nazarbekov, arzonga sotib olinayotgan Rossiya gazi, O‘zbekiston masjidlaridagi taroveh namozlari, kasallik bahona maktabga kelmayotgan o‘quvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi

Gazeta.uz (ru) 

Shavkat Mirziyoyev tabrigida ushbu oyda “xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” ishlari yanada ko‘proq bo‘lishini aytdi. “Yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi”, — dedi u.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon yana 2,37 mlrd dollarga kamaydi, mablag‘ning bir qismi yevrobondlarni to‘lashga yo‘naltirildi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2,37 mlrd dollarga qisqarib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yil sentabridan beri eng kam ko‘rsatkich. Oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. Mablag‘lar hisobidan 500 mln dollarlik yevrobondlar so‘ndirilgan.

Respublika maktablarida davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya

Gazeta.uz (ru) 

Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.



Yangi ochilgan “Qipchoq” metro bekatidan qayerga borsa bo‘ladi?

Gazeta.uz (ru) 

Endi Yangihayot tumanidan Qo‘yliqqa metro orqali borishi mumkin, bunga 20 daqiqa vaqt ketadi. Yangi ochilgan “Qipchoq”, “Turon” metro bekatlarida zina, eskalator va lift ishlab turibdi. Sergeli liniyasidan boshqa metro yo‘nalishiga almashish uchun yo‘lovchilar alohida yo‘lkira to‘laydi. (Yangi bekatlardan fotoreportaj)

“Men ko‘ngil ekologiyasi bilan shug‘ullanaman” — xalq rassomi Akmal Nur

Gazeta.uz (ru) 

Fevral oxirida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning “Ichimdagi ichimdadir” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda ijodkor so‘nggi besh yil davomida chizgan 70 ga yaqin rasm namoyishga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov rassom bilan ko‘rgazma haqida suhbatlashdi.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Gazeta.uz (ru) 

Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.

Baxtiyor Fazilov Gazli Gas Storage`ning asosiy benefitsiari bo‘lib qolmoqda — kompaniya

Gazeta.uz (ru) 

Gazli Gas Storage kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori bo‘lgan “Gazli”ning operatori ta’sischilari o‘zgarganiga izoh berdi. “Baxtiyor Fazilov restrukturizatsiyadan keyin ham asosiy benefitsiar bo‘lib qolmoqda. Kompaniya hech qachon sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli bo‘lmagan”, — deyiladi bayonotda.

“Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Gazeta.uz (ru) 

AQShda 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida kutilganidek “Oppenhaymer” g‘olib bo‘ldi. Eng yaxshi aktyor Killian Myorfi bo‘lgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa deb Emma Stoun topildi. G‘oliblar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Foto: O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi

Gazeta.uz (ru) 

10-martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. “Gazeta.uz” poytaxtning qadimiy masjidlardan biri — “Oxun Guzar"dan fotoreportaj tayyorladi.


Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Карен Хачанов

Теннисист Хачанов отреагировал на возможное отстранение от Олимпиады






Пригородный поезд Ярославль – Рыбинск: изменения в движении

В Екатеринбурге женщина впала в кому после падения с самоката

Какой сегодня праздник 27 мая 2024 года в России и в мире

В Москве завершили основные работы по благоустройству улицы Бутлерова