"Bunyodkor"ga homiylik "O‘zbekneftgaz"ga yuklatildi, stadionni Ortiqxo‘jayev moliyalashtiradi
Bankrotlik yoqasida qolgan “Bunyodkor” klubiga homiylik qilish “O‘zbekneftgaz” shirkati zimmasiga yuklatildi. Ayni shirkat raisi Mehriddin Abdullayev klubning prezidenti etib tayinlandi. Klub bazasi hisoblangan “Bunyodkor” stadionini esa, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev otaliqqa olmoqda. Yaqin-yaqinlargacha O‘zbekistonning eng boy va kuchli futbol jamoasi sifatida ko‘rilgan “Bunyodkor” klubi asosiy homiysi bo‘lgan “O‘ztransgaz”dan pul kelishi to‘xtab qolgani ortidan moliyaviy ahvoli og‘irlashgan. Читать дальше...