Yeri tortib olingan tadbirkor Xalq qabulxonasida o‘zini “lezviya” bilan tildi
Farg‘ona viloyat, Oltiariq tuman, Birlashgan MFYda yashaydigan Ma’murjon Berdaliyev 11 mart kuni tuman Xalq qabulxonasi oldida qo‘llarini o‘tkir tig‘ bilan tildi. Ma’murjon Berdaliyevning iddao qilishicha, u tadbirkorlik qilish uchun uch marta yer olgan, lekin har safar hujjatlarni taxlab bo‘lganidan keyin prokuror protest kiritib, yeri olib qo‘yilgan va boshqa shaxslarga berib yuborilgan. Oltiariq tumani hokimi yordamchisi Avazbek Hojiakbarov, noqonuniy foydalanganlik uchun Ma’murjon Berdaliyevdan yer olib qo‘yilganini aytdi. Читать дальше...