O‘zbek-qirg‘iz chegarasi 100% hal bo‘lmagan. So‘xda janjalga sabab bo‘lgan Chashma bulog‘i hanuz bahsli
Qirg‘izistonning Botken viloyati bilan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati chegarasidagi Chechme (Chashma) bulog‘i bo‘yicha ikki mamlakat bir qarorga kelgani yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 30 - mart kuni O‘sh viloyat, O‘zgan tuman aholisi bilan uchrashuvda bildirdi. Tashiyev 26 - martda Bishkekda o‘tkazgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida bahsli hudud qolmagani, bu masalani tomonlar 100% hal qilgani to‘g‘risida bayonot bergan edi. Читать дальше...