Turkmanistonda eski kiyimda ko‘chaga chiqa ko‘rmang – fermaga jo‘natishadi
Turkmanistonning janubi‑sharqidagi Marv viloyatida ichki ishlar xodimlari yuvuqsiz va eski‑tuski kiyimda yurganlarni tutib ketmoqda. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, militsiya ko‘chada odamlarni tilinchilik qilishda ayblab yoki uysiz deb olib ketyapti. Ozodlikning politsiyadagi manbasiga ko‘ra, rasmiylar odamlarni “tekin ishchi kuchi” sifatida davlat fermalarida ishlatmoqda. Marv viloyatida politsiyaning shahar va shaharchalarni tilanchi va uysizlardan tozalash amaliyoti doirasida odamlar olib ketilyapti. Читать дальше...