Migratsiya ekspertlari: Rossiya "zapret"ga tushgan migrantlarga maxfiy amnistiya qo‘llamoqda
Rossiyada faoliyat yuritayotgan yuristlar va huquq faollari mamlakatga kirishiga taqiq bo‘lgan tojikistonlik va o‘zbekistonlik muhojirlar uchun norasmiy “amnistiya” qo‘llanganini aytishmoqda. Bu xabar Rossiya Ichki ishlar va migratsiya idoralari tomonidan izohlanmayotgan bo‘lsa-da, Ozodlik Rossiyaga “zapreti” yechilib, kirib borgan mehnat muhojirlari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda rus hukumati 1 - sentabrdan boshlab Rossiyaga faqat maxsus ilova orqali kirishga ruxsat bermoqda. Читать дальше...