Hamkasbini kaltaklagan shahrixonlik bosh vrach ishdan bo‘shatildi
Andijon viloyat, Shahrixon tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi vazifasini bajaruvchisi, shu muassasa laborantini kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i 9 - mart kuni ishdan olingan vrachning harakatini shifokor uchun nomunosib hisoblashi, zo‘ravon vrach boshqa ishga o‘tkazilishini bildirdi. 8 - mart oqshomida Shahrixon tuman markaziy kasalxonasida yuz bergan hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Читать дальше...